Li Meyson "Arsenal" – "Brentford" o'yinidagi xato tufayli VAR hakami lavozimini tark etdi
18 fev 2023 12:45
Yangiliklar
Li Meyson "Arsenal" – "Brentford" o'yinidagi xato tufayli VAR hakami lavozimini tark etdi
Videoassistent Li Meyson APLning 23-turi doirasidagi "Arsenal" va "Brentford" (1:1) o'rtasidagi o'yinda yo'l qo'ygan qo'pol xatosidan so'ng VAR hakami lavozimidan ketdi.
Meyson Ayvan Touni gol urgan vaziyatda o'yindan tashqari holatni payqamadi va golni hisobladi. Bu ingliz futbolida katta etirozlarga sabab bo'ldi.

Videoassistent va uning yordamchilari Touniga pas bergan Kristian Nyorgor ofsaydda bo'lganini ko'rmadi va keyinroq malum bo'ldiki, ehtimoliy ofsaydni tekshirish uchun hatto chiziqlar ham chizilmagan. Agar chiziqlar bo'lsa, gol bekor qilingan bo'lardi.
Natijada, Meysonning o'zi ommaviy bayonotlar qilmasdan, VAR hakami lavozimini tark etishga qaror qildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar