"Leypcig"ning eng yaxshi futbolchilaridan biri yil oxirigacha safdan chiqdi
31 okt 2023 10:28
Yangiliklar
"Leypcig"ning eng yaxshi futbolchilaridan biri yil oxirigacha safdan chiqdi
Futbolchi jarohat olgan.
"Leypcig" yarim himoyachisi Dani Olmo yil oxiriga qadar maydonga tushmaydi. Bu haqda "Sky Sport Germany" nashri xabar berdi.

Futbolchi "Kyoln"ga qarshi o'yinda jarohat olib, atigi 7 daqiqani maydonda o'tkazdi. Ispaniyalik futbolchiga klavikulyar bo'g'imning cho'zilishi tashxisi qo'yilgan. Nemis OAVning yozishicha, futbolchi yil oxirigacha maydonda ko'rinish bermaydi.
Olmo 2020 yildan beri "Leypcig" safida to'p tepadi. 25 yoshli xavbek joriy mavsum barcha turnirlarda 7 ta o'yin o'tkazib, 6 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
"Нефтчи" чемпион бўлган охирги мавсумда ўзбек ва дунё футболи қандай эди?
Эшитдик-да! Кападзе Индонезия терма жамоаси бош мураббийи бўлишга яқин
Fikrlar