So’nggi yangiliklar

16:20Кристенсен: "Умид қиламанки, "Барселона"да қоламан. Менда Б режа йўқ"  0 15:51Жеррард Англия жамоаси бошқарувига келиши мумкин  0 15:27Ўзбекистонлик ҳакамлар Португалия – Бельгия баҳсида ишлайди  0 14:53Ҳоланд, Нету, Винисиус Европанинг энг тезкор футболчилари қаторидан жой олди  2 14:25Мбаппе Упамеканони "Реал"да кўришни хоҳлайди  1 13:58"Челси" собиқ футболчиси юрак муаммолари туфайли касалхонага ётқизилди  0 13:32Ўзбекистон – Миср учрашуви дуранг билан якун топса, экстра таймларга мурожаат қилинадими?  1 13:05Ўзбекистон МТЖ иштирокидаги мусобақа ТВда кўрсатиладими?  6 12:41Лапорта Флик шартномани узайтиришига ишонади  0 12:37U-17 Жаҳон чемпионати. Интизомли, мустаҳкам ва самарали жамоа — Ўзбекистоннинг бўлажак рақиби ҳақида  5 12:13"Барселона" афсонаси молиявий фирибгарликда гумон қилинмоқда  3 11:47Мбаппе мамлакатини ўзгартириши мумкин: Жазоир юлдузни жалб қилишга тайёр  4 11:19Бир ўйин тарихи. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Жаҳон чемпионатида Хорватияни қандай енгганди?  4 11:15Қайтиш яқинми? Клопп дунёнинг энг кучли жамоаларидан бирини бошқариши мумкин  6 10:50Евро-2028. Очилиш ва финал учрашувларига мезбонлик қиладиган стадионлар маълум  3

Levchenko ketma-ket uchinchi yil tengsiz, "Buxoro"da umuman o'ynamagan Japarov eng kuchli darvozabon - Tojikiston futbol ligasi 2021 yilning eng yaxshilarini aniqladi Yangiliklar

Levchenko ketma-ket uchinchi yil tengsiz, "Buxoro"da umuman o'ynamagan Japarov eng kuchli darvozabon - Tojikiston futbol ligasi 2021 yilning eng yaxshilarini aniqladi

Kecha Dushanbedagi "Koxi Surush" majmuasida Tojikiston futbol ligasining 2021 yilgi mavsumi yakunlariga bag'ishlangan tantanali marosim o'tkazildi va individual mukofotlar o'z egalariga topshirildi.

Etiborlisi, "Buxoro"da o'z imkoniyatiga ega bo'lmagan turkmanistonlik darvozabon Raxat Japarov CSKA darvozani muvaffaqiyatli tarzda qo'riqlab, yil darvozaboniga aylandi.

SHuningdek, Tojikiston kubogi, mamlakat superkubogini qo'lga kiritgan va chempionlikni tantana qilgan "Istiqlol" bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko ketma ket uchinchi yil (2019 yil "Xo'jand"da, 2020 va 2021 yillarda "Istiqlol"da) eng yaxshi murabbiy deb topildi.

 2021 yilgi mavsum laureatlari:

Birinchi liganing eng yaxshi o'yinchisi – Daler SHaripov ("Paxtakor", Jabbor Rasulov);

Birinchi liganing eng yaxshi murabbiyi– Xikmat Fuzaylov ("Regar-TadAZ");

Birinchi liganing eng yaxshi to'purari – Abdulfattoh Xudoydodzoda ("Dinamo");

Yoshlar birinchiligining eng kuchli o'yinchisi – Aminjon Alixmadov ("Ravshan");

Yoshlar birinchiligining eng kuchli murabbiyi – SHarifjon Ziyoev ("Xo'jand");

Eng yaxshi hakam – Sayyodjon Zayniddinov (Dushanbe);

Eng yaxshi darvozabon – Raxat Japarov (CSKA);

Eng yaxshi himoyachi – Vaxdat Xanonov ("Istiqlol");

Eng yaxshi yarim himoyachi – Fatxullo Fatxulloev (CSKA);

Eng yaxshi hujumchi – Ilxomjon Barotov ("Istaravshan");

Tojikiston chempionatida o'ynaydigan eng yaxshi legioner – Artyom Serdyuk ("Xo'jand");

Eng yaxshi murabbiy – Vitaliy Levchenko ("Istiqlol");

Tojikiston chempionatining eng yaxshi to'purari – Manuchehr Jalilov ("Istiqlol").

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика