Levandovski "Barsa"ning 2 yil oldin 2:8 hisobida "Bavariya"ga yutqazganiga izoh berdi
26 iyu 2022 15:17
Yangiliklar
Levandovski "Barsa"ning 2 yil oldin 2:8 hisobida "Bavariya"ga yutqazganiga izoh berdi
Robert Levandovski "Barselona"ning "Bavariya"dan 2:8 hisobida mag'lub bo'lgani borasidagi savolga javob berdi.
Jamoalar 2020 yilning avgustida CHempionlar Ligasi 1/4 final doirasida to'qnash kelishgan va unda "Bavariya" 8:2 hisobida g'alaba qozongan edi, Robert o'sha o'yinda o'z hisobiga gol yozdirib qo'ygan.
– Aytishim kerakki, "Barsa"da bu haqda gaplashmadik. Bu tarixda qolgan. Ortga qaramagan yaxshiroq. Bizning g'oyamiz shunday.
– Siz "Barsa"ga g'oliblik mentalitetini qo'shasizmi?
– Umid qilaman. Doim g'alaba haqida o'ylayman va gol urishni xohlayman. Qanday o'yin, qanday raqib, buning farqi yo'q. Doim g'alabaga chanqoqman. Bu jamoaning imkoniyatlari ajoyib. Barchamiz birgalikda qadamba-qadam harakat qilishimiz kerak", – deydi "Barselona"ning yangi o'yinchisi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" голи инобатга олинмаган "Бухоро"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди
Суперлига. "Насаф" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотди
Эксперт ҳакамлар гуруҳи "Пахтакор" ва "Бухоро" учрашувидаги баҳсли вазият юзасидан хулоса берди
Педри ва Ямаль "Эл Класико"дан кейин ижтимоий тармоқларда Карвахални кузатишни тўхтатди
Fikrlar