So’nggi yangiliklar

02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  2 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  0 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  1 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  44 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1

Leonardu Jardim: "Paxtakor" birinchi bo'limda yaxshiroq harakatlandi. Imkoniyatlarimiz kamayib ketdi" Yangiliklar

Leonardu Jardim: "Paxtakor" birinchi bo'limda yaxshiroq harakatlandi. Imkoniyatlarimiz kamayib ketdi"

Osiyo Elit CHempionlar ligasi 6-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Al Ayn" (1:1) bahsidan so'ng BAA jamoasi bosh murabbiyi Leonardu Jardim o'yindan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Birinchi 45 daqiqalikda jamoam yaxshi o'yin namoyish eta olmadi. Biz agressiv o'yin namoyish eta olmadik. Bu menga yoqmadi. Raqibga deyarli qarshilik ko'rsatmadik va yakkakurashlarda mag'lub bo'ldik. Tanaffusda futbolchilar bilan gaplashib oldim va "Al Ayn" yaxshiroq o'ynash kerakligini aytdim. Ikkinchi taymda esa raqibga yaxshi qarshilik ko'rsatdik. Himoyada va hujumda ko'proq to'pga egalik qilishimiz kerak edi. CHetlatishdan so'ng ham biz g'alaba qozonishga intildik. Futbolchilarim kurashishda davom etdi. Men so'nggi soniyaga qadar kurashishni yoqtiraman. Biz bugun g'alaba qozonishni maqsad qilgandik. Afsuski, bugun ikki ochko yo'qotdik va oldinda faqatgina ikkita bahs qoldi. Imkoniyatlarimiz kamayib ketdi. Endi biz boshqa jamoalarning natijalariga bog'lanib qoldik.

- Durang natijasi bugungi o'yin uchun adolatli natija bo'ldi deb o'ylaysizmi? Ikki jamoa ham hisobni yiriklashtirish uchun etarlicha imkoniyatlarga ega bo'lishdi.

- "Paxtakor" birinchi bo'limda faolroq edi va ular ko'proq gol urishlari mumkin edi. Tanaffusdan so'ng esa bizda imkoniyatlar paydo bo'la boshladi. Durang natijasi o'yinga mos bo'ldi deb o'ylayman.



- "Al Ayn" qizil kartochkadan so'ng o'yinni kuchaytira oldi. CHetlatish futbolchilaringizga yaxshi tasir qildi deb o'ylaysizmi?

- Yo'q. Biz ikkinchi taymga boshqacha yondashuv bilan maydonga tushdik. Futboldagi eng muhim omillardan biri - xohish. Kuchli istaksiz katta natijalarga erishib bo'lmaydi. Biz ikkinchi taymda yanada ko'proq ishtiyoq bilan kurashdik. Bahs so'ngida Kuame ajoyib vaziyatga ega bo'ldi, ammo raqib darvozaboni juda yaxshi harakat qildi deb ayta olaman.

- Toshkentdagi sovuq ob-havo jamoangizga qanday tasir o'tkazdi? Futbolchilaringiz uchun bunday iqlimda futbol o'ynash qiyin bo'lmadimi?

- Ob-havo katta tasir o'tkazdi demayman. Havo biroz sovuq bo'lgandir, ammo bunday iqlim futbol o'ynash uchun juda qulay, menimcha. Men ko'proq maydon holati haqida gapirishim mumkin. Elit CHempionlar ligasi uchun maydon holati yaxshiroq bo'lishi kerak deb o'ylayman. Balki "Paxtakor"da boshqa maydon yo'qdir, lekin bunday musobaqada ishtirok etayotgan jamoalarga yaxshiroq maydon taqdim etilishi kerak. Maydon holati bugungi natija uchun bahona bo'la olmasligi aniq.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика