So’nggi yangiliklar

13:02"Ливерпуль" "Кристал Пэлас" етакчисини сотиб олмоқчи  0 12:39"Барселона" Фатини қандай ҳолатда ижарага бериши аниқ бўлди  0 12:12Ўзбекистонда кимга "Олтин тўп" топширилди?   4 11:51Ўзбекистон U-15 терма жамоаси финалда Туркияга пенальтилар сериясига кўра мағлуб бўлди  0 11:25Левандовски "Барселона" билан шартномасини узайтириш учун нима қилиши кераклиги маълум  1 10:52Sofascore. Кечаги учрашувда Аббосбек Файзуллаевнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 10:17ФИФА президенти Жаҳон чемпионати мезбонлиги учун Ўзбекистонга миннатдорчилик билдирди  0 09:44Черан хет-трик қилиб, "Пахтакор"га ғалаба келтирган учрашувдан ГАЛEРEЯ  2 09:10"Реал" ва ПСЖ собиқ ҳужумчиси Малайзия клубига ўтди  0 08:36Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувда ҳимоячилар орасида энг катта баҳога лойиқ кўрилди  6 08:00Энг зўрлари аниқланган, Бразилия олтинчи марта кубогни кўтарган ЖЧ тақдирлаш маросимидан ГАЛEРEЯ  0 07:29ЖЧ-2026 саралаш. Эрон терма жамоасининг Тошкентга келадиган таркиби маълум  34 02:03Ла Лига. "Атлетико" "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда 84-дақиқада гол ўтказиб, ғалабани қўлдан бой берди  2 02:00А Серия. "Фиорентина" 3та пенальти голга айланмаган ўйинда "Милан"ни мағлуб этди, ҳакам 2та қизил карточка кўрсатди, Де Хеа эса учрашув қаҳрамонига айланди!  8 01:55Лига 1. ПСЖ меҳмонда "Ницца"ни ютолмади  0

LegionerUz. U23 futbolchilari Malibu’ga ega chiqqan kun Otabek SHukurov BAAda ilk bor mag'lub bo'ldi Yangiliklar

LegionerUz. U23 futbolchilari Malibu’ga ega chiqqan kun Otabek SHukurov BAAda ilk bor mag'lub bo'ldi

Teglar :  Otabek SHukurov
“SHarja” bilan 1,5 yillik kelishuvga erishgan Otabek SHukurov yangi klubi safida ilk bor mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. Bungacha o'zbekistonlik futbolchi ishtirok etgan uch o'yinda sharjaliklarning qo'li baland kelgandi.

Turnir jadvalida ikkinchi bo'lib turgan klubga qarshi o'yin “SHarja” uchun omadli kelgandi. SHukurov jamoadoshlari 80 daqiqa davomida darvozalaridan to'p olib chiqishmadi. Ammo so'nggi 10 daqiqa omad keltirmadi. 

Al-Wasl

Caio - 82', Caio - 85'

Arabian Gulf League . 14-tur

28/01/2018, 20:00

1
:
2
Tugadi

Sharjah Cultural Club

Yousif Saeed Juma - 34'

45'
90'
8'  Salem Juma Awad
46'  Humaid Abdulla Abbas (Mohamed Surour Maosud)
46'  Anthony Caceres (Ali Saleh)
51'  Ronaldo Mendes
79'  Hazza Salem (Hassan Mohammed)
82'  Caio
82'  Ronaldo Mendes
85'  Caio
85'  Salem Juma Awad
87'  Caio
90'  Abdulrahman Ali
22'  Mohamed Jaber
34'  Yousif Saeed Juma
62'  Ahmed Mahmoud
70'  Saif Rashid Nasir (Suhail Al Mansoori)
79'  Vander (Lulinha)
83'  Yousif Saeed Juma (Eisa Ahmed Santo)
84'  Welliton

Qiziq tomoni, SHukurov Amirliklarda mag'lub bo'lgan kunda O'zbekiston U23 termasi futbolchilari davlat tomonidan rag'batlantirilib, Malibu avtomashinalariga loyiq ko'rildi. Aslida SHukurov, SHomurodov kabi futbolchilar ham Xitodagi Osiyo CHempionatida ishtirok etishlari kerak edi. Biroq ular xorijiy klublariga ko'nikib olishni afzalroq deb hisoblashdi.

Menimcha, bu to'g'ri yo'l. Birinchi galda Osiyo CHempionati Olimpiadaga yo'llanma bermasdi. Ikkinchidan esa, terma futbolchilari iroda ko'rsatib, qaysidir manoda SHukurov va SHomurodov elkasidagi bosimni olib. Aslida qolgan futbolchilar ham ular kabi kelajagi uchun poydevor qo'yishlari kerak. SHunchaki SHukurov ham, SHomurodov ham milliy termada bir qator o'yinlar o'tkazib ulgurgani uchun, ular ishni ertaroq boshlashdi.

Men ishonamanki, Olimpiada yoki Jahon CHempionati yo'lidagi o'yinlar bo'lganida Eldor ham, Otabek ham termasi ixtiyoriga etib kelardi. Ko'rdikki, Janubiy Koreyaning Evropada to'p suradigan bir qator futbolchilari ham ular kabi yo'l tutishdi. Osiyo CHempionati-ku o'tdi, ketdi. Endi futbolchilar o'z kelajaklari haqida jiddiy qayg'urishlari shart. CHunki milliy termaning ertasi aynan ular bo'lishi katta ehtimol. Qita chempionati qaysidir manoda “qurbon” qilingan bo'lsa-da, Otabek va Eldor o'z karerasida muhim qadamlarni tashlamoqda.

Igor Sergeev va “Al-Dafra”

Jamoasi so'nggi o'rinda borayotgan Igor Sergeev o'tgan tur kichik jarohati sabab o'yinda ishtirok eta olmagandi. Futbolchi bilan kechasi o'yindan keyin bog'landik. Unda tiklanish jarayoni davom etayotgani va tez orada to'la sog'ayishi haqida aytdi. SHundan kelib chiqib, “Al-Dafra” bosh murabbiyi unga 60 daqiqa davomida imkoniyat berdi.

Bu paytda “Al-Dafra” mag'lub bo'layotgandi. O'yin yakuniga sanoqli soniyalar qolganidagina Sergeev jamoasi mag'lubiyatdan qutilib qoldi.

Al-Dhafra

Issam El Adoua - 90'

Arabian Gulf League . 14-tur

28/01/2018, 17:25

1
:
1
Tugadi

Al-Wahda

Mourad Batna - 25'

45'
90'
29'  Hamad Al Marzoqi
30'  Abdulrahman Yousuf (Yaser Al Juneibi)
62'  Igor Sergeev (Ailton)
73'  Abdullah Alseiari (Ali Ibrahim)
90'  Issam El Adoua
90'  Ali Ibrahim
25'  Mourad Batna
56'  Mohamed Al Shehhi
58'  Mohamed Al Shehhi (Khalid Bawazir)
67'  Sultan Al Ghaferi
71'  Mohamed Al Akbari (Nasser Abdulhadi)
78'  Ismail Matar (Mohammed Salem)

Aziz Haydarov va Sardor Rashidov

Haydarovning “Ajman” klubi bugun “Dibba Al-Fujayrah” klubini qabul qiladi. Ehtimoliy g'alaba “Ajman”ni 4-o'ringa olib chiqishi mumkin. Sardor Rashidovning “Al-Jazira” klubi esa “An-Nasr” mehmoni bo'ladi. Ular turdan-turga chempionlikdan uzoqlashib borayotganini qayd etish kerak.

Championat.asia statistikasi

Muallif :
Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика