So’nggi yangiliklar

18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  1 17:49Расман: Улуғбек Ҳошимов – "Динамо" футболчиси  2 17:11Лапортнинг Европага қайтиш эҳтимоли юқори  0 16:42Лофтус-Чик: "Бизга Модричнинг тажрибаси керак"  0 16:18АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  1 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  5 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  6 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  1 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  3 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0

LegionerUz. SHukurov jamoasi mag'lub bo'ldi. Bugun Haydarov “Al-Ayn”ga, Sergeev “Al-Jazira”ga qarshi o'ynaydi Yangiliklar

LegionerUz. SHukurov jamoasi mag'lub bo'ldi. Bugun Haydarov “Al-Ayn”ga, Sergeev “Al-Jazira”ga qarshi o'ynaydi

Amirlik chempionatida 15-tur bellashuvlari start oldi va u Otabek SHukurov jamoasi uchun omadsiz keldi.

O'zidan 6 ochko kam jamg'arib turgan “Hatta”ni qabul qilgan sharjaliklar 1:3 hisobida engildi. 

Sharjah Cultural Club

Abdulla Hassan Khalfan - 26'

Arabian Gulf League . 15-tur

02/02/2018, 18:20

3
:
1
Tugadi

Hatta

Ahmed Khameis Rabei - 5', Samuel - 44', Fernando Gabriel - 87'

45'
90'
26'  Abdulla Hassan Khalfan
58'  Muhain Khalifa Mukhain (Lulinha)
71'  Yousif Saeed Juma (Suhail Al Mansoori)
78'  Saif Rashid Nasir (Omar Juma)
90'  Lulinha
5'  Ahmed Khameis Rabei
5'  Samuel
25'  Ahmed Khameis Rabei
44'  Samuel
44'  Fernando Gabriel
63'  Hamdan Qassim Juma Ali
64'  Ahmed Khameis Rabei (Omar Midani)
82'  Omar Alesmaili (Maher Jassim)
87'  Fernando Gabriel
90'  Fernando Gabriel (Mohamed Malalla)

“Hatta” joriy mavsum “SHarja”dan maksimal ochko ishlab oldi. Tomonlarning “Hatta” maydonidagi o'yinida 3:2 hisobi qayd etilgandi. Hozirga kelib “SHarja” tarkibi nisbatan kuchaygan bo'lsa-da, takroriy o'yinda ham jamoadan omad yuz o'girdi. SHukurov bellashuvda to'liq — 90 daqiqa to'p surdi.

“O'zbek derbisi” buguncha yo'q

Bugun Sardor Rashidovning “Al-Jazira” klubi Igor Sergeev to'p suradigan “Al-Dafra”ni qabul qilishi kerak edi. Malumki, Rashidov klub bilan xayrlashib ulgurgan. SHundan kelib chiqib, bugun biz “o'zbek derbisi”ga guvoh bo'lmaymiz.

Sergeev“Al-Dafra”ning durang bilan yakuniga etgan o'yinida 60 daqiqa harakat qilgandi. Uning jarohati ancha ortda qolgan, katta ehtimol bilan Igor bugun to'liq harakat qilishi ham mumkin.

“Al-Dafra” 1-davra o'z uyida “Al-Jazira” bilan 2:2 hisobida durang o'ynagan bo'lib, Rashidov hisob 2:2 bo'lib turgan 64-daqiqada zaxiradan o'yinga chiqarilgandi.

Aziz Haydarov BAA yulduzlariga qarshi

Aziz Haydarov to'p suradigan “Ajman” kuchli to'rtlikka kirib olish imkoniyatiga ega. Biroq bu oson bo'lmasligini hamma tushunib turibdi. CHunki “Ajman” yulduzli tarkibi bilan o'zbekistonlik futbol muxlislari uchun ham yaxshi tanish bo'lgan “Al-Ayn” uyida mehmon bo'ladi.

CHempionlik uchun kurash olib borayotgan “Al-Ayn” safida Xolid Issa, Xolid Abdulrahmon, Amir Abdulrahmon, Umar Abdulrahmon, Muhammad Abdulrahmon, Markus Berg, Ahmad Halil, Duglas kabi futbolchilar bor. Ketma-ket 6 turdan buyon mag'lub bo'lmayotgan Aziz Haydarov jamoasi 1-davra “Al-Ayn”ni 2 ta gol farqi bilan mag'lub eta turib, yakunda 3 ta gol o'tkazib yuborgandi.

Haydarov jamoasining so'nggi o'yinini diskvalifikaciya sabab o'tkazib yuborgandi. Katta ehtimol bilan bugun u to'liq harakat qiladi.

Championat.asia statistikasi

Muallif :
Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика