LegionerUz. Server Jeparovsiz o'ynagan “Istiqlol” principial o'yinda “Zob Ahon”dan engildi
04 fev 2018 20:31
Yangiliklar
LegionerUz. Server Jeparovsiz o'ynagan “Istiqlol” principial o'yinda “Zob Ahon”dan engildi
Zob Ahan Kiros - 61', Mohammad Reza Hosseini - 90' |
Persian Gulf Pro League . 22-tur 04/02/2018, 15:30 1
:
2
Tugadi
|
Esteghlal Vouria Ghafoori - 31' |
Bellashuvda Server Jeparov ishtirok etmadi. Futbolchi Hazfi Kubogining “Sanat Naft”ga qarshi o'yinida golli pas berib, kichik jarohati sabab ikkinchi taymni qo'yib yuborishga majbur bo'lgandi. Germaniyalik mutaxassis SHefer o'yin avvalida Jeparov bilan suhbatlashgan. Garchi Server o'zini yaxshi his qilayotgan bo'lsa-da, SHefer tavakkal qilishni istamadi va uni safar o'yiniga olib ketmadi. Murabbiyning tushuntirish berishicha, oldinda “Istiqlol”ni CHempionlar Ligasi o'yinlari kutib turibdi. Bunday paytda Jeparov jarohatini qaytalab olsa, holat tehronliklar uchun qimmatga tushishi mumkin.
“O'yinni uyda, televizor orqali tomosha qildim. Jamoadoshlarim yaxshi o'ynashdi. Ular yana gol urishlari ham mumkin edi. Biroq so'nggi daqiqada raqib futbolchisi o'zini ko'rsatdi va yaxshi harakati sabab boshi bilan darvozamizni ishg'ol qildi”, — dedi Server Jeparov.
“Istiqlol” ochkolari sonini “Zob Ahon”niki bilan tenglashtirib olish imkoniyatini qo'ldan boy berdi. Tomonlarning Tehronda o'tgan ilk o'yinida 1:1 hisobi qayd etilgan bo'lib, Jeparov maydonda 84 daqiqa harakat qilgandi.
Qayd etish kerak, “Zob Ahon” haqida tasavvurlarimizni kengaytirib borsak, zarar qilmaydi. Mazkur jamoa CHempionlar Ligasida Toshkentning “Lokomotiv” klubiga raqib bo'ladi. Ushbu klub “Nasaf” raqibi “Persipolis” kabi qo'rqinchli bo'lmasa-da, har holda so'nggi vaqtlarda yomon taassurot qoldirmayapti. Jamoa fors chempionatida g'alabali seriyasini ketma-ket 6 ta o'yinga etkazib oldi.
Championat.asia statistikasi
Fikrlar