So’nggi yangiliklar

08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  1 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  0 07:52"Интер Майами" "Ред Буллз"ни 5:1 ҳисобига ютди — Мессидан дубль  8 07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0 00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  3 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  5 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  4 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  7 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  5 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  16 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  7

LegionerUz. Sanjar Tursunov jamoasi o'ziga kela olmayapti. SHartnoma esa mavsum so'ngida tugaydi Yangiliklar

LegionerUz. Sanjar Tursunov jamoasi o'ziga kela olmayapti. SHartnoma esa mavsum so'ngida tugaydi

Qatar Yulduz Ligasining 14-turi ham “Al-Haraytiyat” klubi uchun omadsiz keldi. “Al-Xor” mehmoni bo'lgan Tursunov jamoadoshlari 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Al-Khor

Qatar Stars League . 14-tur

27/01/2018, 18:30

0
:
2
Tugadi

Al-Khuraitiat

45'
90'

“Nimalar bo'layotganini tushunish qiyin bo'lyapti. Ketma-ket ikki gol o'tkazib yubordik, keyin esa o'yinni o'nglolmadik — dedi Sanjar Tursunov o'yindan keyin. — “Qatarda legionerlar uchun katta bosim bor. Natija yaxshi bo'lmasa, ayb birinchi galda ulardan izlanadi. SHuning uchun ham yarim yil, bir yilda legionerlarga javob berib yuboraverishadi”.

Tursunov jamoasi so'nggi bor 25 noyabr kuni “Al-Ahli” ustidan zafar quchgandi. Kechagisi bilan qo'shib hisoblanganda, klub Yulduzlar Ligasining ketma-ket 5 ta turida mag'lub bo'ldi va hali-hamon pley-off yo'llanmasiga osilib turibdi.

“Rossiya yoki Ukrainada legioner bo'lib o'ynash, Qatardagidan ancha oson. Bu erda sizdan ancha ko'p narsa talab qilinadi”, — deydi Tursunov. Uning aytishicha, “Al-Haraytiyat” bilan shartnoma shu mavsum so'ngida yakuniga etadi.

“Al-Haraytiyat” navbatdagi turni 1 fevral kuni “As-Sayliya”ga qarshi o'tkazadi. Demak, bizda “o'zbek derbisi”ni kuzatish imkoniyati bo'ladi. 

Championat.asia statistikasi

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика