So’nggi yangiliklar

18:50Петар Шегрт: “Лёв билан бўлган суҳбатимиз ОАВда тарқалиб кетишини истамайман. ЎФАдан бўлган таклиф ҳақида сўрамайман. Тожикистондан кетганимга сабаб…”  0 18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  1 17:49Расман: Улуғбек Ҳошимов – "Динамо" футболчиси  2 17:11Лапортнинг Европага қайтиш эҳтимоли юқори  0 16:42Лофтус-Чик: "Бизга Модричнинг тажрибаси керак"  0 16:18АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  1 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  5 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  6 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  1 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  3

LegionerUz. 5 tur davom etgan muvaffaqiyatsizlikdan keyin Temurxo'ja Abduxoliqov jamoasi zafar quchdi Yangiliklar

LegionerUz. 5 tur davom etgan muvaffaqiyatsizlikdan keyin Temurxo'ja Abduxoliqov jamoasi zafar quchdi

Qatar Yulduzlar Ligasining 14-tur bellashuvlari start oldi va u hamyurtimiz Temurxo'ja Abduxoliqov to'p suradigan klubga omad keltirdi.

“As-Sayliya” mavsumni yaxshi boshlagan bo'lsa-da, keyinroq omadsizlik girdobiga tushib qoldi. Ketma-ket 5 tur davomida tunislik Sami Trabelsi boshqarayotgan jamoa g'olib chiqa olmadi. Ayniqsa, so'nggi turda Xavi to'p suradigan “As-Sadd”ning 6 ta gol urishi, hammasidan o'tib tushdi.

Abduxoliqov aytganidek, dushanba kuni natija jiddiy tahlil qilib chiqilgan. Kecha — 26 yanvar kuni “As-Sayliya” turnir jadvalida so'nggi o'rinni egallab turgan “Al-Marhiya” klubini qabul qilib, 4:1 hisobida zafar quchdi. 

Al-Sailiya

Qatar Stars League . 14-tur

26/01/2018, 18:30

1
:
4
Tugadi

Al Markhiya

45'
90'

Mazkur raqibdan “As-Sayliya” maksimum ochko ishlab oldi. Tomonlarning birinchi davra o'yinida 5:2 hisobi qayd etilgandi. Navbatdagi turni “As-Sayliya” futbolchilari “Al-Haraytiyat” klubiga qarshi o'tkazadi. Demak, 1 fevral kuni Qatarda “o'zbek derbisi”ga guvoh bo'lamiz.

Championat.asia statistikasi

Abduxoliqov kechagi bellashuvning 93-daqiqasida boshqa bir futbolchiga almashtirildi. Bu shunchaki o'yin vaqtini cho'zish uchun amalga oshirilgan o'zgarishdek ko'rinadi. Biroq 3 ta gol farqi bilan oldinda borayotgan jamoaga vaqtni cho'zish nega kerak bo'lganini tushunish qiyin.

Abduxoliqov “As-Sayliya” safiga o'tgan mavsumning yarmida borgan bo'lib, 1,5 yillik shartnoma tuzgandi. O'sha mavsum u maydonda jami 900 daqiqa o'ynadi va 7 ta gol urdi. Bu yil esa daqiqalari soni mingdan oshib ketdi, gollar soni yana 7 ta.

Kecha 90 daqiqa to'p surganidan kelib chiqilsa, futbolchi jamoasiga foyda keltirgan. Axir “As-Sayliya” sermahsul o'yin ko'rsatdi. Hozir bitta savol bor: “As-Sayliya” Abduxoliqovga yangi shartnoma taklif qiladimi yoki yo'q? Ayni paytda klub rahbariyat talab qilgan o'rinni egallab turibdi. Gol urish borasida o'zbekistonlik hujumchi 10 ta to'p kiritgan jamoadoshi Vagner Ribeyrodan keyin ikkinchi bo'lib turibdi.

Sanjar Tursunov 

Bugun Tursunov jamoasida yuqoriroq o'ringa ko'tarilib olish uchun imkoniyat bor. Buning uchun “Al-Xor” taslim etilishi kerak. Bu “Al-Haraytiyat”ni turnir jadvalida 7-o'ringa olib chiqishi mumkin. Tomonlarning 1-davra o'yinida 1:1 hisobi qayd etilgan bo'lib, Tursunov 84-daqiqada almashtirilgan, shundan keyingina jamoasi 90-daqiqada gol o'tkazib yuborib, g'alabani qo'ldan chiqargandi.

Al-Khor

Qatar Stars League . 14-tur

27/01/2018, 18:30

0
:
2
Tugadi

Al-Khuraitiat

45'
90'

Muallif :
Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика