So’nggi yangiliklar

17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  2 16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  1 16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  11 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  6 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  4 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  4 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  5

Legionerlar: SHackixdan rekord, Tursunovdan navbatdagi gol Yangiliklar

Legionerlar: SHackixdan rekord, Tursunovdan navbatdagi gol

O'tgan dam olish kunlari xorijda to'p surayotgan bir qator o'zbekistonlik futbolchilar o'z jamoalari safida maydonga tushishdi.
ROSSIYA
Krasnodar klubi sharafini himoya qilayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Odil Ahmedov, o'tgan haftada o'z jamoasi safida Evropa Ligasi 2-tur o'yinida maydonga tushdi. O'z maydonida Angliyaning Everton klubini qabul qilgan Krasnodar 1:1 hisobida durang o'ynadi. Mazkur uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushgan Ahmedov o'yinda to'liq 90 daqiqa harakat qilgan.

UKRAINA
4 oktyabr kuni Ukraina Premer-Ligasining 8-turi doirasida Zarya klubiga qarshi o'yinda raqib darvozasiga o'zining navbatdagi golini (Ukraina CHempionatlari tarixidagi 124-golini) kiritdi va Sergey Rebrovga tegishli bo'lgan rekordni (123 gol) yangiladi. SHu tariqa, 36 yoshli hujumchining Ukraina CHempionatlari tarixidagi gollari soni 124taga etdi va bu borada Premer-Liga tarixidagi eng yaxshi to'purarga aylandi.

Poltavaning Vorskla klubida to'p surayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasi azosi Sanjar Tursunov mazkur turda o'z hisobiga yana bir gol yozib qo'yishga erishdi. Safarda Luckning Volin klubiga qarshi to'p surgan Vorskla yirik - 2:2 hisobida durang o'ynadi. Mehmonlarning o'yindagi ilk goliga esa 78-daqiqada Sanjar Tursunov mualliflik qilgan.

JANUBIY KOREYA

4 oktyabr kuni Janubiy Koreya K-Ligasida 30-tur bahslari bo'lib o'tdi. Seongnam klubida o'ynayotgan milliy terma jamoasi sardori Server Jeparov mazkur turda o'z maydonida chempionat etakchisi CHonbuk Motorz klubiga qarshi asosiy tarkibda maydonga tushdi va to'liq 90 daqiqa o'ynadi. Uchrashuvda Jeparov jamoasi 0:1 hisobida mag'lubiyatga uchragan.

BAA

20 sentyabr kuni BAA Pro-Ligasida 5-tur o'yinlariga start berildi. Dubayning Ash SHabob klubida to'p surayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Aziz Haydarov mazkur turda o'z jamoasi safida o'z maydonida Al Vaxda klubiga qarshi asosiy tarkibda maydonga tushib 90 daqiqa to'p surdi. Ash SHabob uchrashuvda 1:2 hisobida mag'lubiyatga uchradi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика