So’nggi yangiliklar

10:05ПСЖ Доннаруммага нарх белгилади  0 09:40МЮнинг яна бир иқтидор соҳиби ёзда жамоани тарк этмоқчи  0 09:17Анчелотти нима сабабдан Неймарни термага чақирмаганига изоҳ берди  0 08:51Суперкубок. Бугун финал  0 08:26Родриго келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:00Ўзбекистон кубоги. Бугун яна бир ярим финалчи аниқланади  5 07:35Жиззахда "Сўғдиёна" "Навбаҳор"га ҳеч қандай имконият қолдирмай мағлуб этган учрашувдан ГАЛEРEЯ  4 02:05АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси тақдирини 16 ёшли йигит ҳал қилди  14 01:50А Серия. "Интер" 5та гол фарқи билан ғалабага эришди  1 00:54Неймар ва "Реал" футболчилари Бразилия терма жамоасига чақирилмади  4 00:10Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" – "Навбаҳор" 4:0  8 00:07Сергей Лушчан: “Бугун улар ўз жамоаси учун эмас, рақиб учун ўйнашди. "Навбаҳор"да ишлар эканман, бу ўйинчилар энди таркибдан жой олмайди”  44 23:46"Наполи" МЮ футболчисини ўз сафига қўшиб олади  1 22:38Аёллар ўртасида ОЧЛ. "Насаф" қизлари Непал клубини таслим қилди  0 21:54Винисиус "Овьедо"га қарши ўйинни захирада бошлашини кутмаган экан. Алонсо уни огоҳлантирмаган  2

Legionerlar: Ahmedov Krasnodar safida yana gol urdi, Denisov yig'inga kirishdi Yangiliklar

Legionerlar: Ahmedov Krasnodar safida yana gol urdi, Denisov yig'inga kirishdi

Xorij chempionatlarida to'p surayotgan bir qator o'zbekistonlik futbolchilar o'tgan haftada o'z jamoalari safida maydonga tushishdi.
ROSSIYA
Mavsum boshida Krasnodar klubi bilag shartnoma imzolagan O'zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Odil Ahmedov ayni damda klub bilan Avstriyada tashkil etilgan yig'inda ishtirok etmoqda. Takidlash joiz, Avstriyadagi yig'in davomida bir qator o'rtoqlik-nazorat uchrashuvlarida Krasnodar safida maydonga tushgan Odil Ahmedov klub safidagi gollar sonini ochishga muvaffaq bo'ldi. Dastlab, Ozarbayjonning Qorabog' klubiga qarshi kechgan nazorat o'yinida maydonga tushgan Krasnodar uchrashuvda 1:0 hisobida g'alaba qozondi. Etiborlisi, uchrashuvdagi yagona gol aynan Ahmedov hisobiga yozilgan.

4 iyul kuni Krasndoar Avstriyada o'zining ikkinchi nazorat uchrashuvida SHotlandiyaning Seltik klubiga qarshi maydonga tushdi va 1:3 hisobida mag'lubiyatga uchradi. Uchrashuvda Krasnodarning yagona goliga, yana Odil Ahmedov mualliflik qilgan. Har ikkala uchrashuvda ham Odil Ahmedov bir bo'limdan maydonda harakat qilgan. Malumot uchun, Rossiya Premer-Ligasida yangi mavsum 1 avgust kuni start oladi.

Rossiya Premer-Ligasining yana bir vakili - Moskvaning Lokomotiv klubi ham, bir qancha muddatlik tatildan so'ng o'z yig'inini boshladi. Moskva temiryo'lchilari ham huddi Krasnodar singari o'z yig'inini Avstriyada o'tkazmoqda. Jamoa 4 iyul kuni Germaniyaning Myunxen-1960 klubiga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushdi va 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi. Lokomotiv safida Vitaliy Denisov ikkinchi bo'lim boshida zahradan maydonga tushdi va 45 daqiqa maydonda to'p surdi.

QOZOG'ISTON
6 iyul kuni Qozog'iston Premer-Ligasida 19-tur o'yinlariga start berildi. Turnir jadvalida peshqadamlik qilayotgan Aktobe shu kuni safarda Qayrat klubiga qarshi maydonga tushdi va yirik - 1:7 hisobida mag'lubiyatga uchradi. Aktobe safida harakat qiladigan o'zbekistonlik yarim himoyachi Temur Kapadze uchrashuvda ilk daqiqalardan maydonga tushdi va ikkinchi bo'lim boshida almashtirildi.

Mavsum boshida Aktobe safida harakat qilgan Aleksandr Geynrix, mavsumlar oralig'ida jamoani erkin agent sifatida tark etib, Toshkentning Lokomotiv klubi bilan shartnoma imzolagan edi.

Aktobe ushbu mag'lubiyatdan so'ng, turnir jadvali peshqadamligini aynan Qayrat klubi bilan bo'lishib turibdi. Har ikkala klub hisobida 36 ochkodan mavjud.

Qarag'andaning SHaxter klubi esa, safarda Ostonaga qarshi maydonga tushib, 0:4 hisobida mag'lubiyatga uchradi. SHaxter safida harakat qiladigan ikki nafar o'zbekistonlik futbolchilar - SHavkat Salomov va Kamoliddin Murzoevlar to'liq 90 daqiqadan maydonda harakat qilishdi.

Irtish safida harakat qiladigan o'zbekistonlik yana bir hujumchi - Ulug'bek Baqoev mazkur turda safarda o'z jamoasi safida Tobolga qarshi asosiy tarkibda maydonga tushdi. O'yinning ilk daqiqasidan maydonda harakat qilgan Baqoev uchrashuvning 68-daqiqasida almashtirildi. Uchrashuvda 1:1 hisobi qayd etilgan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика