"Leganes" "Real"dan Lunin ijarasini uzaytirishni so'radi
19 apr 2019 16:28
Yangiliklar
"Leganes" "Real"dan Lunin ijarasini uzaytirishni so'radi
Ijara asosida "Leganes" sharafini himoya qilayotgan "Real" darvozaboni Andrey Lunin keyingi mavsumni ham ijarada o'ynashi mumkin.
20 yoshli ukrainalik LaLiganing 3ta, Ispaniya Kubogining 3ta o'yinida maydonga tushganiga qaramasdan klubdagi holatidan mamnun. "Leganes" "Real"dan ijara muddatini uzaytirishni so'radi.
"Leganes" hozircha asosiy darvozabon Ivan Kulyar bilan yangi shartnoma tuzishga muvaffaq bo'lmadi. SHu sababli Lunin jamoaning birinchi raqamli posboniga aylanishi mumkin. Oldinroq, "Real" ustozi Zinedin Zidan Luninni jamoaning ikkinchi darajali darvozaboniga aylantirmoqchi ekanligi haqida xabarlar paydo bo'lgan edi.
Fikrlar