So’nggi yangiliklar

01:23Габон термаси тарқатиб юборилди  1 00:45Жалолиддин Машарипов: "Жароҳат олмадим"  7 00:27АПЛ. "Ливерпуль" "Лидс"ни яна мағлуб эта олмади, дербида ҳам дуранг  6 00:13"Челси" бош мураббийлиги учун асосий номзод номи маълум бўлди  3 23:56"Челси" собиқ футболчиси: "Марескага ачиндим"  0 23:46АПЛ. "Сандерленд" - "Манчестер Сити", "Брентфорд" - "Тоттенхэм" баҳси асосий таркиблари маълум!  5 23:31"Манчестер Юнайтед" "Кристал Пэлас" футболчисини сотиб олмоқчи  6 23:11Муҳсин Муҳаммадиев вафот этди  11 22:58"Астон Вилла" Алиссон билан шартнома имзолади  1 22:27"Насаф" икки футболчиси билан ҳайрлашди  3 22:11"Бавария" посбони Англияда ўйнайди  0 21:51Гвардиоланинг ўрнида ким ишлайди?  0 21:15Эрон. "Истиқлол"да ғалаба, Ашурматовда автогол, Машарипов қайтди  9 20:50"Тоттенхэм" ҳужумчиси "Кристал Пэлас"га ўтади  0 20:27Расман: Сардор Мирзаев - "Локомотив" футболчиси!  5

Lazizbek Mirzaev: "Ispaniyaga qarshi o'yinda g'alaba qozonib, keyingi bosqich yo'llanmasini hal qilmoqchimiz" Yangiliklar

Lazizbek Mirzaev: "Ispaniyaga qarshi o'yinda g'alaba qozonib, keyingi bosqich yo'llanmasini hal qilmoqchimiz"

O'zbekiston U-17 terma jamoasi sardori Lazizbek Mirzaev Ispaniyaga qarshi uchrashuv oldidan jurnalistlarning savollariga javob berib o'tdi.

— Jahon chempionatidagi ikki o'yin haqida.

— Biz Jahon chempionatida ikkita uchrashuvda ishtirok etishga ulgurdik. Ikkalasi ikki xil natija bilan tugaganini bilasiz. Biroq birinchi o'yinda biz o'zimizning imkoniyatlarimizni namoyish eta olmadik. Bu bizni o'yinimiz emasdi, desam ham bo'ladi. Kanadaga qarshi bahsda o'zimizni yaxshi tomonlama ko'rsatib, ko'proq imkoniyat yaratishga harakat qildik.

— Kanadaga qarashi bahsdagi g'alabaning asosiy omili nima edi?

— Biz birinchi o'yindan so'ng qilgan xatolarimizni tahlil qildik. Murabbiylarimiz bilan kamchiliklarimiz ustida ishladik va uchrashuvda o'z o'yinimizni ko'rsatishga harakat qildik. Bu futbol, unda hamma narsa bo'lishi tabiiy. Raqib ham yaxshi o'ynadi, biroq biz o'z imkoniyatlarimizni golga aylantirib, g'alaba qozondik. 

— Ispaniyaga qarshi o'yin haqida

— Bizni ertaga Ispaniyaga qarshi muhim o'yin kutib turibdi. Biz bu uchrashuvga har tomonlama, ruhiy va jismoniy jihatdan ham tayyorgarlik ko'ryapmiz. Menimcha, bizda motivaciya etarlicha. Ertaga, nasib bo'lsa, g'alaba qozonib, keyingi bosqich yo'llanmasini hal qilmoqchimiz.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика