LaLiga. "Real" o'z maydonida Kataloniya klubiga yutqazib qo'ydi
17 fev 2019 17:56
Yangiliklar
LaLiga. "Real" o'z maydonida Kataloniya klubiga yutqazib qo'ydi
Ushbu sahifada o'yinning eng muhim vaziyatlarini kuzatib borish mumkin bo'ldi.
|
Real Madrid Casemiro - 25' |
LaLiga . 24-tur 17/02/2019, 16:00 2
:
1
Tugadi
|
Girona Cristhian Stuani - 65', Cristian Portu - 75' |
Stadion: Estadio Santiago Bernabeu, 68099 tomoshabin
Bosh hakam: Guillermo Cuadra
Ispaniya chempionati
24-tur
Real Madrid – Jirona 1:2 VIDEONI KO'RISH
17 fevral, 16.00, «Santyago Bernabeu»
Gollar: Kazemiro 26, - 1:0. Stuani 65 penalti, - 1:1. Portu 75, - 1:2.
Real Madrid – Kurtua, Varan, Marselo, Odriosola, Ramos, Sebalos (Mariano, 74), Kazemiro, Vaskes (Vinisius, 58), Kroos, Asensio (Beyl, 66), Benzema.
Jirona – Bunu, Alkala, Xuanpe, Raul Garsiya, Ramalo, Granel, Porro (Losano, 46), Portu (Valeri Fernandes, 84), Pons (Aleysh Garsiya, 46), Duglas Luis, Stuani.
Ogohlantirishlar: Entoni Losano 48, Serxio Ramos 64, Pedro Alkala 86, Kazemiro 88.
CHetlatish: Serxio Ramos 90.
16:00. Uchrashuv boshlandi.

"Real"ning asosiy tarkibi.

Bugun Ispaniya chempionatida 300-uchrashuvida maydonga tushgan Benzema.
26-daqiqada Kazemiro boshi bilan gol urib hisobni ochdi - 1:0. VIDEONI KO'RISH


45-daqiqada Marselo gol urdi, biroq o'yindan tashqari holatda qolib ketgani uchun gol inobatga olinmadi.

Birinchi taym tugadi.

Ikkinchi taym boshlandi.
59-daqiqada "Jirona" gol urishga juda yaqin keldi. Biroq Aleysh Garsiyaning yaqin masofadan yo'llagan zarbasi darvoza ustidan o'tib ketdi!
64-daqiqada Serxio Ramos o'z jarima maydoni ichida to'pni qo'li bilan o'ynagani uchun bosh hakam penalti belgiladi.
65-daqiqada "Jirona" azosi Kristian Stuani 11 metrli jarima to'pini golga aylantirdi - 1:1. VIDEONI KO'RISH


70-daqiqada Portuning kuchli zarbasidan so'ng to'p darvoza ustuniga tegib qaytdi!
75-daqiqada "Jirona" hisobda oldinga chiqib oldi. Dastlabki zarban Kurtua qaytardi, qaytgan to'pni Portu boshi bilan darvozaga yo'lladi - 1:2. VIDEONI KO'RISH


90-daqiqada Serxio Ramos maydondan CHETLATILDI! Himoyachi hujumga o'tib akrobatik tarzda zarba berayotganda raqibiga nisbatan xavfli o'ynadi va ikkinchi bor ogohlantirish olib maydonni tark etdi.

90+4. O'YIN YAKUNLANDI! "Real" o'z maydonida Kataloniyaning "Jirona" klubiga yutqazib qo'ydi - 1:2.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Fikrlar