So’nggi yangiliklar

00:50Никола Лазаревич: “Ўйин охиридаги вазиятларни голга айлантира олдик”  0 00:40Зайниддин Тожиев: "Йигитларда ўзларига ишонч етишмади"  0 00:20Ла Лига. "Барселона" – "Мальорка" (онлайн ҳисоб)  13 00:20Ҳаким Фузайлов: "Вазифани уддалаб бўлдик. Кейинги ўйинда ротация амалга оширамиз, U21 жамоамиздан ўйинчилар жалб қиламиз."  0 00:03Шомуродовнинг голи "Рома"га ғалабага келтирди: А Серия 33-тур якунлари  0 00:00АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Астон Вилла"ни қабул қилмоқда, Ҳусанов ўйинни захирадан бошлади (онлайн ҳисоб)  40 23:59"Жайхун" устози Айбек Нурбаев: "Сарсенбаев ва Эримбетовни бирданига асосий таркибга киритмаймиз"  2 23:25Ўзбекистон кубоги. "Қизилқум" "Замин" устидан ғалаба қозонган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 22:34Исломжон Аҳмедов: "Бу ўйиндан катта тажриба олдик. Хато ва камчиликлар устида ишлаймиз"  1 22:20Баҳром Ҳайдаров: "Иккинчи бўлимда тажриба ўз сўзини айтди"  0 21:45U-21 биринчилиги. Бир ўйинда 10та гол, "Бунёдкор" футболчисидан гекса-трик, дербида 10та сариқ: 6-тур якунланди (ТУРНИР ЖАДВАЛИ)  0 21:20Нуньес ёзда "Ливерпул"ни тарк этади. Ҳужумчи 2022 йилда 75+25 миллион еврога сотиб олинганди  2 20:58Гарначо учун тўртта топ клуб даъвогарлик қилмоқда  7 20:37Хулиан Альварес "Атлетико"ни тарк этиши мумкин  6 20:15Футзал. Ўзбекистон кубогининг C ва D гуруҳида сўнгги ўйинлар якунланди  0

La Liga. "Real Madrid" safarda irodali g'alabaga erishdi, Varandan dubl Yangiliklar

La Liga. "Real Madrid" safarda irodali g'alabaga erishdi, Varandan dubl

Ispaniya chempionati 22-turidan o'rin olgan navbatdagi o'yinda "Qirollik klubi" safarda "Ueska"ga qarshi harakat qildi.

"Ueska" - "Real Madrid" 1:2
«El Alkoras» stadioni
Gollar: 1:0 – 48 Galan, 1:1 – 55 Varan, 1:2 – 84 Varan.

"Ueska" – Alvaro Fernandes, Galan, Siovas, Pulido, Maffeo, Dumbiya (Ontiveros, 73), Mikel Riko (Xuan Karlos, 86), Seoane, Silva (Ferreyro, 86), Okadzaki (Dani Eskriche, 62), Rafa Mir.

"Real Madrid" – Kurtua, Varan, Mendi (Marvin, 78), Odriosola (Marselo, 67), Nacho, Modrich, Kroos, Asensio, Kazemiro, Vinisius Junior (Mariano Dias, 78), Benzema.

Ogohlantirishlar: Kroos (32), Maffeo (45), Silva (53).

SD Huesca

Javi Galan - 48'

LaLiga . 22-tur

06/02/2021, 20:15

2
:
1
Tugadi

Real Madrid

Raphael Varane - 55', Raphael Varane - 84'

Stadion: Estadio El Alcoraz, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Xavier Estrada

45'
90'
45'  Pablo Maffeo
48'  Javi Galan
48'  Shinji Okazaki
53'  Gaston Silva
62'  Shinji Okazaki (Daniel Escriche)
73'  Idrissa Doumbia (Javi Ontiveros)
86'  Gaston Silva (David Ferreiro)
86'  Mikel Rico (Juan Carlos)
32'  Toni Kroos
55'  Raphael Varane
67'  Alvaro Odriozola (Marcelo)
78'  Ferland Mendy (Marvin)
78'  Vinicius Junior (Mariano Diaz)
84'  Raphael Varane


La Liga turnir jadvali va to'purarlar ro'yxati bilan tanishing


Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.

YANGILASH


Bo'ldi, hakamning final hushtagi chalindi va "Real" irodali g'alabani qo'lga kiritdi. 

90+3-daqiqa. Modrich va Asensio ikki raqib taqibiga qaramay burchak zarbasi ishlab oldi. 

90+2-daqiqa. Xavfli qarshi hujum bo'lishi mumkin edi, lekin Benzema uzatma ijrosini biroz cho'zib yubordi.  

90-daqiqa. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi. 

90-daqiqa. Hali La Liga havosiga to'yib ulgurmagan Marvin raqibini juda oddiy usulda ortda qoldiraman deb o'ylagandi, lekin bunga imkon qoldirishmadi.  

Uzatmadan keyin Benzema himoyachilarga yordam berdi, lekin to'pni uzoqlashtirishning imkoni bo'lmadi. Burchak zarbasidan keyin yana Karim himoyada faollik ko'rsatdi. 

88-daqiqa. "Ueska" jarima zarbasi ishlab olmoqda. 

87-daqiqa. Kurtua darvozasi oldida xavfli vaziyat yuzaga kelishi mumkin edi, lekin belgiyalik posbon to'pni egallab oldi.  

86-daqiqa. O'zgarish! "Ueska" o'zgarishni amalga oshirdi. Gaston Silva va Mikel Riko o'rniga David Ferreyro hamda Xuan Karlos maydonga tushdi.  

84-daqiqa. GOOOOOOOOL! Kazemironing bosh bilan uzatmasidan keyin darvozabon to'pni qaytargandek bo'ldi, lekin Varan yana chaqqonlik namoyish qildi va dubl qayd etmoqda.  

83-daqiqa. Toni Kroosga nisbatan qoida buzildi. Mezbonlar bunday qarordan norozi. 

81-daqiqa. Xavfli vaziyat!!! Karim Benzemaning kuchli zarbasidan keiyn Alvaro Fernandes to'pni darvoza to'qqizligidan olib chiqdi.  

80-daqiqa. Modrichning faolligidan keyin mehmonlar burchak zarbasi ishlab olishdi. 

79-daqiqa. O'zgarish! Mariano Dias esa Vinisiusni almashtirdi.   

78-daqiqa. O'zgarish! Ferlan Mendi o'rniga Marvin o'yinga qo'shildi. 

77-daqiqa. Vinisius bu safar nafaqat qanotdan oldinga o'tdi, balki yaxshi uzatmani ham amalga oshirib berdi, Asensio o'zidanda qulayroq vaziyatdagi Benzemani to'p bilan taminladi, francuzning kuchli zarbasidan keyin esa darvozabon omadli nuqta tanlaganigina mezbonlarni muqarrar goldan qutqardi.  

73-daqiqa. O'zgarish! "Ueska" tarkibida Idrissa Dumbiya o'rniga Xaver Ontiveros maydonga tushdi.   

72-daqiqa. Bu safar to'p oldida Kroos va Asensio. Marko ikki bor to'pni darvozaga yo'naltirdi, lekin himoyachilar darvozabonni ovvora ham qilishmadi, qarshi hujum esa sal qolsa gol bilan yakunlanishi mumkin edi. Oxirgi zarbaga aniqlik etishmadi.  

71-daqiqa. Sirpanib yiqilib tushgan himoyachi, yo'l-yo'lakay Marko Asensioni ham yiqitib yubordi. Hakam hushtak chalib, jarima zarbasi belgiladi. 

70-daqiqa. Vinisius yana harakatchan, faol, tezkor, lekin foydasiz...

69-daqiqa. Burchak zarbasidan keyin hozirgina o'yinga qo'shilgan Marselo zarba yo'llab ko'rdi, ammo biroz noaniq.  

68-daqiqa. Ajoyib kombinaciyani Benzema zarba bilan yakunladi, ammo darvozabon o'z o'rnida. 

68-daqiqa. Alvaroning o'rniga Marselo o'yinga tushdi.

67-daqiqa. Odriosola jarohat olib, maydonda o'tiribdi. Yana bir himoyachi safdan chiqishi, madridliklarni bundanda qiyin axvolga solib qo'yishi turgan gap. 

65-daqiqa. Asensio va Odriosola bir-birlarini tushunishmadi. Natijada to'p mezbonlarga o'tdi.  

63-daqiqa. Yana "Ueska" xavfli hujum tashkil eta oldi. Rafa Mir boshi bilan kuchli zarba bergandi, lekin Tibo Kurtua jamoasi joniga oro kirdi. Bu vaziyatda Ferlan Mendi o'z poziciyasini yopishga kech qolganini takidlash lozim. 

62-daqiqa. Ferlan Mendi tezligini ishga solib qanotidan oldinga o'tdi va uzatmani amalga oshirgandi, ammo himoyachi uni Benzemagacha etib borishiga yo'l qo'ymadi. Yana burchak zarbasi. 

62-daqiqa. O'zgarish! SHinji Okazaki o'rnini Dani Eskrichche egalladi. 

61-daqiqa. Kazemiro baland sakrab to'pni darvozaga yo'llashga uringanida, himoyachi bunga yo'l qo'ymadi va yana burchak to'pi. Burchakdan amalga oshirilgan uzatmadan keyin esa darvozabon baland sakrab to'pni egallab oldi. 

60-daqiqa. Hakam Alvaro Odriosolaga nisbatan qo'pollik ishlatildi deb topdi. Yana jarima zarbasi, lekin bu safar uzatma bo'lsa kerak. 

59-daqiqa. Marko Asensio shiddat bilan avvaliga raqibdan to'pni olib qo'ydi va o'zi oldinga tashlandi, bir necha raqiblar taqibidan qutilib, zarba bera oldi, ammo faqatgina burchak to'pi. 

Hisobni tezda tenglashtirib olgani "Real" uchun yaxshi yangilik. Bu endi aksincha jamoaga qo'shimcha pozitiv kuch bag'ishlashi ham mumkin.

55-daqiqa. GOOOOOOOL! Rafael Varan hisobni tenglashtirdi. Benzemaning standart vaziyatdan bergan zarbasidan keyin to'p darvoza to'siniga tegib qaytdi, keyin Varan hammadan chaqqonroq harakat qildi. 

53-daqiqa. Ogohlantirish! Mezbonlar vakili Gaston Silvaga sariq kartochka ko'rsatildi. Jarima zarbasi belgilandi. To'p oldida Benzema va Kroos. 

51-daqiqa. Real Madrid o'ziga kelishi qiyin bo'layotgandek. Vinisius yana bir bor, birinchi bo'limda bo'lgani kabi, tezligini namoyish qildi, hujum xavfli tus oladigandek edi, ammo oxirgi uzatmada yana xatolik. 

49-daqiqa. Mezbonlardan yana bir xavfli hujum va to'p to'singa tegib qaytdi. "Ueska" qarshi hujumga juda tez qochib ketmoqda. Ikkinchi bo'limni "qaymoqranglilar" emas, aynan mezbonlar faol boshlashdi.  

48-daqiqa. GOOOOOOOL! Kutilmaganda hisobni mezbonlar ochishdi. Okazakining uzatmasidan keyin Xaver Galan o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi!


SD Huesca

Javi Galan - 48'

LaLiga . 22-tur

06/02/2021, 20:15

2
:
1
Tugadi

Real Madrid

Raphael Varane - 55', Raphael Varane - 84'

Stadion: Estadio El Alcoraz, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Xavier Estrada

45'
90'
45'  Pablo Maffeo
48'  Javi Galan
48'  Shinji Okazaki
53'  Gaston Silva
62'  Shinji Okazaki (Daniel Escriche)
73'  Idrissa Doumbia (Javi Ontiveros)
86'  Gaston Silva (David Ferreiro)
86'  Mikel Rico (Juan Carlos)
32'  Toni Kroos
55'  Raphael Varane
67'  Alvaro Odriozola (Marcelo)
78'  Ferland Mendy (Marvin)
78'  Vinicius Junior (Mariano Diaz)
84'  Raphael Varane

"Ueska" – "Real Madrid"

20.15, "El Alkoras"

"Ueska" – Alvaro Fernandes, Galan, Siovas, Pulido, Maffeo, Dumbiya, Mikel Riko, Seoane, Silva, Okazaki, Rafa Mir.

"Real Madrid" – Kurtua, Varan, Mendi, Odriosola, Nacho, Modrich, Kroos, Asensio, Kazemiro, Vinisius Junior, Benzema.

TURNIR JADVALI

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика