So’nggi yangiliklar

19:57"Манчестер Юнайтед" футболчисининг юраги операция қилинди  0 19:30Клопп янги ишида нима қилишини тушунтириб берди  1 19:05ФИФА соҳил футболи ва футзални Олимпиада дастурига киритишни таклиф қилади  0 18:39Ўзбекистон МТЖнинг Остон Ўрунов ва Аббос Файзуллаев қатнашмаган машғулоти  2 18:15Миллий терма жамоа лагеридан дараклар: Машарипов, Ўрунов ва Файзуллаев бугунги машғулотларда қатнашмади  7 17:47Рустам Ашурматов: "Хафамиз деёлмайман, лекин хурсанд ҳам эмасмиз"  11 17:25АПЛда сентябрь ойининг энг яхши мураббийи маълум  3 17:00Перес мегатрансферни режалаштирмоқда  7 16:37"Динамо" – "Навбаҳор" беллашувига ҳакамлар тайинланди  3 16:153 та клуб "Милан" футболчиси билан боғлиқ вазиятни кузатиб бормоқда  0 15:44АПЛ сентябрь ойининг энг яхши футболчисини аниқлади  2 15:22Шу кунлар ҳам келди: Англия терма жамоасида "Манчестер Юнайтед" футболчиси йўқ  9 14:55Ўзбекистон терма жамоаси аъзоси ЖЧ-2026 саралашининг 3-тур рамзий жамоасидан жой олди  20 14:31Ўзбекистон бир киши кам Эронни ютолмаган, аммо гуруҳда биринчи ўринни сақлаб қолган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  6 14:10Киммих: "Ўйинлар камайса, жароҳатлар ҳам камаяди деб ўйламайман"  0

La Liga. "Real Madrid" o'z uyida 18-o'rindagi "Jirona"ni yuta olmadi Yangiliklar

La Liga. "Real Madrid" o'z uyida 18-o'rindagi "Jirona"ni yuta olmadi

La Liga 12-turi doirasida "Real Madrid" - "Jirona" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

"Real Madrid" – "Jirona" 1:1
"Santyago Bernabeu" stadioni.
Gollar
: 1:0 – 70 Vinisius Junior, 1:1 – 80, penalti Stuani.

"Real Madrid" – Kurtua, Karvaxal, Alaba, Ryudiger, Mendi (Militao, 87), Modrich, Kroos, Kamavinga (Asensio, 61), Valverde (Mariano Dias, 86), Vinisius Junior, Rodrigo.

"Jirona" – Gassaniga, Yan Kouto (Rikelme, 58), Martines, David Lopes, Bueno, Migel Guterres (Xavi, 63), Fernandes (Toni Vilya, 76), Romeu, Aleish Garsiya, Errera (Reyner, 76), Kastelyanos (Stuani, 76).

Ogohlantirishlar: David Lopes (51), Kroos (55), Gassaniga (59), Modrich (75), Martines (90).

CHetlatish: Kroos (90).


Real Madrid

Vinicius Junior - 70'

LaLiga . 12-tur

30/10/2022, 19:15

1
:
1
Tugadi

Girona

Cristhian Stuani - 80'

Stadion: Estadio Santiago Bernabeu, 58367 tomoshabin

Bosh hakam: Mario Melero

45'
90'
55'  Toni Kroos
61'  Eduardo Camavinga (Marco Asensio)
70'  Vinicius Junior
70'  Federico Valverde
75'  Luka Modric
86'  Federico Valverde (Mariano Diaz)
87'  Ferland Mendy (Eder Militao)
90'  Toni Kroos
51'  David Lopez
58'  Yan Couto (Rodrigo Riquelme)
59'  Paulo Gazzaniga
63'  Miguel Gutierrez (Javier Hernandez)
76'  Yangel Herrera (Reinier)
76'  Valery Fernandez (Toni Villa)
76'  Valentin Castellanos (Cristhian Stuani)
80'  Cristhian Stuani
90'  Arnau Martinez


Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.

YANGILASH


100-daqiqa. Bo'ldi, hakamning final hushtagi chalindi va "Real" autsayderga qarshi o'yinda ochko yo'qotdi.

SHu kunlarda "Real" Marko Asensio bilan shartnoma muddatini uzaytirmoqchiligi haqida xabarlar paydo bo'lgandi, biroq bugungi bahsdan keyin klubdagilar yana bir o'ylab ko'rishga qaror qilishsa kerak. 

Kiper o'ziga kelmaguniga qadar o'yin davom etmaydi, buni argentinalik posbon ham yaxshi biladi.  

90+7-daqiqa. Gassaniga havodan kelayotgan to'pni ushlash jarayonida oyog'ini nimadir qildi va maydonga quladi. 

90+4-daqiqa. Ogohlantirish! Arnau Vinisiusni ochiqchasiga fol ishlatib, to'xtatib qoldi. 

90+1-daqiqa. QIZIL KARTOCHKA! Toni Kroos maydon markaziga yaqin hududdagi fol tufayli ikkinchi sariq va qizil kartochka ishlab oldi. 

90-daqiqa. O'yinning asosiy vaqtiga 9 daqiqa qo'shib berildi.

90-daqiqa. GOOOOOL! Bahsli vaziyat. Kamida qiziq va munozarali vaziyat. Marianoning uzatmasidan keyin Rodrigo uchinchi urinishda to'pni darvozaga yo'lladi, lekin hakam bu golni inobatga olmadi.     

86-daqiqa. O'zgarishlar! Ferlan Mendi va Fede Valverde o'rniga Eder Militao hamda Mariano Dias tushirildi.   

84-daqiqa. O'z navbatida mag'lubiyatdan qutilib qolishga yaqin kelayotgan "Jirona" buyog'iga maksimal ravishda o'yin tempini tushirishga urinishi turgan gap. 

G'alabaga erishish uchun "Madrid"da taxminan 10-15 daqiqa bor. Undan ko'p emas.

80-daqiqa. GOOOOOOL! Kristian Stuani to'p va Kurtuani turli burchaklarga ravona qildi.   

79-daqiqa. PENALTI! To'p Marko Asensioning qo'liga tekkan va bu penalti uchun etarli deb hisobladi hakam.  

78-daqiqa. "Taaaak"... Hakam shoshmaslikni so'ramoqda va "VAR"xonaga quloq tutdi.  

76-daqiqa. Ogohlantirish! Luka Modrich to'pga ulgurmadi va raqibiga nisbatan fol ishlatdi, bu esa hakam unga kartochka ko'rsatishi bilan yakunlandi.  

Nihoyat gol urib olgan "Real" futbolchilari to'xtash niyatida emas. Aksincha, ular yaxshi kayfiyatda yana ham ko'proq kuch bilan oldinga tashlanishmoqda.    

70-daqiqa. GOOOOOOL! Vinisius Junior hisobni ochdi! Valverde bu golda nafaqat assist, balki undan ko'proq ish qilib berdi desak, mubolag'a bo'lmaydi. 

68-daqiqa. Vinisiusga nisbatan fol, Kroos zarbani ijro etdi, lekin u uzatgan to'pga hech kim eta olmadi.    

65-daqiqa. Ryudigerning kutilmagandagi xatosidan keyin Kurtua seyv ijro etishiga to'g'ri keldi. 

63-daqiqa. O'zgarish! Asli "Real" tarbiyalanuvchisi bo'lgan Migel Guterres mushaklaridagi muammo sabab o'yinni davom ettira olmaydigan bo'ldi. Uning o'rnini Xaver Ernandes egalladi. 

63-daqiqa. Karvaxalning uzatmasidan keyin Oriel Romeu to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.    

61-daqiqa. O'zgarish! Eduardu Kamavinga o'rniga Marko Asensio tushdi.  

59-daqiqa. Ogohlantirish! Vaqtni atayin cho'zib yuborgani uchun darvozabon Paulo Gassanigaga sariq. 

58-daqiqa. O'zgarish! Ian Kouto o'yinni davom ettira olmasligi malum bo'ldi. Uning o'rnini Rodrigo Rikelme egalladi. 

57-daqiqa. Uzatmadan keyin mehmonlar vakili zarba berdi, biroz noaniq.

"Jirona" futbolchisiga yordam ko'rsatilmoqda. 

55-daqiqa. Ogohlantirish! Toni Kroosdan "o'ziga xos" uslub ko'rdik. Germaniyalik Ian Koutoni qo'pollik bilan to'xtatib qoldi. 

53-daqiqa. Maydondagi barchaning asablari taranglashmoqda. Muxlislar bunga yana qo'shimcha "kuch berishmoqda". 

51-daqiqa. Ogohlantirish! David Lopes Vinisius bilan gap talashib qoldi va hakam unga kartochka ko'rsatdi.

47-daqiqa. Vinisius texnika ko'rsatib, bir raqibini aldab o'tdi, lekin keyin ikkinchisi to'pni maydondan chiqarib yubordi. 

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi!  

45+2-daqiqa. Bo'limdagi oxirgi zarbani esa Fede Valverde chap oyoqda berdi, noaniq.  

45+1-daqiqa. "Jirona" hujumchisi Alaba bilan kurashdan keyin yiqilib, hakamdan penalti belgilashini so'rab, yuzlanmoqda.   

45-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 2 daqiqa qo'shib berildi.  

39-daqiqa. "Jirona" kutilmaganda chapdan tezkor hujum uyushtirdi, Karvaxal raqib bilan kurash oqibatida yiqilib tushdi, mehmonlar vingeri esa harakatini davom ettirdi va to'pni sherigiga tashlab berdi. Zarba esa juda kuchli chiqdi, lekin to'singa tegib qaytdi.  

37-daqiqa. "Qirollik klubi" bosimni kuchaytirmoqda.  

35-daqiqa. Endi esa Kurtua darvozasi tomonda burchak zarbasi. Natija esa bir xil.

32-daqiqa. Ferlan Mendi burchak zarbasi ishlab berdi. Biroq bu safar ham standartdan naf chiqmadi.  

30-daqiqa. O'yinning dastlabki 30 daqiqasi ortda qoldi. Hozircha jamoalar hisobni ochishni uddalay olishmadi. 

26-daqiqa. Karlo Anchelotti shtabi tomonidan alohida ko'rsatma bo'lgan chog'i, futbolchilar imkon bo'ldi deguncha uzoq va o'rta masofalardan zarba berishmoqda. Bu safar Federiko Valverde omadini sinab ko'rdi. 

23-daqiqa. Valverde jarima maydonchasiga kirib, ikki raqibini chalg'itdi va to'pni Rodrigoga tashlab berdi. Braziliyalik futbolchining o'ng oyoqda bergan kuchli zarbasidan keyin to'p darvoza ustuniga tegib qaytdi. 

22-daqiqa. Kamavinga yana jarima maydonchasiga kiraverishda to'pni Modrichdan qabul qilib oldi va uzoq pastki burchakni nishonga oldi, biroz noaniq.   

20-daqiqa. "Jirona" o'ng qanotdan hujumga o'tdi va uzatmadan keyin bosh bilan zarba berildi, Kurtua jamoasiga yordam bera olmasdi, ammo to'p darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi. 

18-daqiqa. Har ikki jamoa chiroyli harakatlar orqali paslar berishdan cho'chimayapti. Aslida La Liga shunisi bilan ham boshqa chempionatlardan ajralib turadi.  

15-daqiqa. Modrichning himoyachilarga bosimi oqibatida mehmonlar kiperi xatoga yo'l qo'ydi va Rodrigoga gol sovg'a qilishiga sal qoldi.  

Qoida buzish bo'yicha ko'rsatkich 2:2.

11-daqiqa. Toni Kroos maydon markazida qoida buzdi. 

9-daqiqa. Qisqa masofadagi uzatmalardan keyin Rodrigodan ajoyib zarba ko'rdik, ammo kiper ham undan qolishmadi. Burchak zarbasidan keyin ish zarbagacha etib bormadi. 

6-daqiqa. "Jirona" to'pni nazorat qilib, hujum uchun imkon izlamoqda.   

3-daqiqa. Edu Kamavinga bir raqibini chalg'itib, zarba berdi, biroz noaniq.  

2-daqiqa. Vinisius to'pni o'ziga bo'ysundirishda texnikasini ishga soldi va muxlislar olqishiga sabab bo'ldi.

1-daqiqa. O'yin boshlandi! 

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика