So’nggi yangiliklar

23:52Максим Шацких: "Суперкубок финалига яхши кайфиятда борадиган бўлдик. Танаффусда ўйинни ўзгартириб юборишга келишиб олдик, акс ҳолда "Ультрас" бизни кечирмас эди"  1 23:32Рўзиқул Бердиев: "Шуҳрат Муҳаммадиев 36 ёшида ёш футболчилардан ҳам тез югуради"  0 22:58А Серияда ким чемпион бўлади? Чемпионлик ўйинлари учун таркиблар маълум!  3 22:39Февзи Давлетов: "Дуранг бўлиши мумкин эди, аммо мағлубият эмас"  2 22:26Суперлига. "Андижон" - "Сурхон" 2:1. Мезбонлардан супер голлар!  2 22:15Месси ва "Интер Майами" музокараларни давом эттирмоқда  1 21:59Суперлига. "Насаф" тур марказий баҳсида ОКМКни ютиб, жадвалдаги етакчиликни тортиб олди  71 21:23Аморим жамоага тезкор футболчиларни олиб келмоқчи  1 20:54Суперлига. "Андижон" "Бобур Арена"да "Сурхон"ни енгиб ғалабасиз сериясига барҳам берди  52 20:19"Реал" Модричга ўринбосар топди  2 19:55Диалло МЮ мухлисларига ваъда берди  3 19:33Анчелотти: "Футбол ҳаёти шундай – вақти келиб ҳар қандай авлод кетади"  1 19:11"Насаф" мухлисларга 3 та соврин билан суратга тушиш имконини яратди  1 18:35Ўзбекистон Кубоги. 1/8 финал босқичига қуръа ташланди: "Қўқон-1912" ўз уйида "Бунёдкор"ни қабул қилади, "Навбаҳор" меҳмонда "Хоразм" билан ўйнайди  15 18:21"Реал" президенти: "Карло Анчелотти энди буюк Мадрид оиласининг абадий аъзосига айланди"  5

La Liga. "Real Madrid" o'z maydonida "Barselona"ni ishonchli hisobda mag'lub etdi Yangiliklar

La Liga. "Real Madrid" o'z maydonida "Barselona"ni ishonchli hisobda mag'lub etdi

La Liganing 9-turidan o'rin olgan "Real Madrid" - "Barselona" bahsi yakunlandi.

La Liga. "Real Madrid" - "Barselona" 3:1

Gollar: Karim Benzema 12', Federiko Valverde (Ferlan Mendi) 35', Ferran Torres 83', Rodrigo 90+1'

"Real Madrid": 13. Andrey Lunin, 2. Daniel Karvaxal (22. Antonio Ryudiger 88'), 3. Eder Militao, 4. David Alaba, 23. Ferlan Mendi, 10. Luka Modrich (12. Eduardo Kamavinga 78'), 18. Orelen Tchuameni, 8. Toni Kroos, 15. Federiko Valverde, 9. Karim Benzema (11. Marko Asensio 88'), 20. Vinisius Junior (21. Rodrigo 85').

Zaxira: 5. Xesus Valexo, 6. Nacho Fernandes, 7. Eden Azar, 16. Alvaro Odriosola, 17. Lukas Vaskes, 24. Mariano Dias, 26. Luis Lopes, 30. Lucas Canizares.

"Barselona": 1. Mark-Andre ter SHtegen, 20. Serxi Roberto, 23. Jyul Kunde, 24. Erik Garsiya, 28. Alexandro Balde (18. Jordi Alba 60'), 21. Frenki de Yong, 5. Serxio Buskets (30. Pablo Gavira 60'), 8. Pedri, 7. Usman Dembele (10. Ansu Fati 73'), 9. Robert Levandovski, 22. Rafinya (11. Ferran Torres 60').

Zaxira: 26. Inyaki Penya, 3. Jerar Pike, 36. Arnau Tenas, 17. Markos Alonso, 19. Frank Kesse, 32. Pablo Torre.

Ogohlantirish: Vinisius Junior 30', Luka Modrich 75'

Real Madrid

Karim Benzema - 12', Federico Valverde - 35', Rodrygo - 90'

LaLiga . 9-tur

16/10/2022, 20:15

1
:
3
Tugadi

Barcelona

Ferran Torres - 83'

Stadion: Estadio Santiago Bernabeu, 62876 tomoshabin

Bosh hakam: Jose Sanchez

45'
90'
12'  Karim Benzema
30'  Vinicius Junior
35'  Federico Valverde
35'  Ferland Mendy
75'  Luka Modric
78'  Luka Modric (Eduardo Camavinga)
85'  Vinicius Junior (Rodrygo)
88'  Karim Benzema (Marco Asensio)
88'  Daniel Carvajal (Antonio Ruediger)
90'  Rodrygo
60'  Raphinha (Ferran Torres)
60'  Sergio Busquets (Gavi)
60'  Alejandro Balde (Jordi Alba)
73'  Ousmane Dembele (Ansu Fati)
81'  Gavi
83'  Pedri (Franck Kessie)
83'  Ferran Torres
83'  Robert Lewandowski
90'  Franck Kessie


90+4. O'yin yakunlandi!

90+1. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Rodrigo penaltini aniq amalga oshirdi - 3:1!

90+1. Penalti! "Barsa" darvozasiga!

89. Rodrigo raqib jarima maydonchasi ichida yiqildi, hakam yiqitilmadi deb topdi. Holat VAR orqali ko'rib chiqilmoqda.

87. Xavfli vaziyat! Jarima maydonchasi tomon uzatilgan to'pni de Yong bosh bilan Fatiga uzatdi, Ansuning zarbasi birozgina noaniq ketdi. 

85. Ushbu hisobdan so'ng o'yin yanada "yonishi" aniq.

Ansu Fati chap qanotdan oldinga yurish qilib to'pni jarima maydonchasiga uzatdi, Levandovski fint qilib darvozaga zarba bermoqchi edi, biroq o'xshamadi, to'p esa Ferran Torresga kelib tushdi va uning zarbasi golga aylandi!

83. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! "Barsa" hisobni qisqartirdi!

78. Ansu Fatining uzoq masofadan darvoza tomon yo'llagan zarbasi xavfli tus oldi, biroq noaniq ketdi.

74. Levandovski "Real" jarima maydonchasi ichida, hakam futbolchi yiqitilmadi deb topildi.

69. Karim Benzemaning uzoq masofadan yo'llagan zarba ancha noaniq ketdi.

64. Valverde o'ng qanotdan yurish qilib to'pni markazdagi Benzemaga uzatdi, u pas bilan Vinisiusni oldinga boshladi, biroq to'pga birinchi bo'lib ter SHtegen etib keldi.

60. "Barselona" biryo'la uch futbolchini o'zgartirdi. 

55. Kroos Vinisiusni ajoyib pas bilan oldinga boshladi, biroq braziliyalik futbolchi to'pni o'zidan ancha uzoqlashtirib yubordi.

52. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Benzemaning darvoza tomon bergan zarbasi golga aylandi. Biroq Vinisius unga to'p uzatayotgan vaqtda Karim offsaydda qolib ketgani malum bo'ldi.

51. Benzema chap qanotdan to'pni markazroqqa uzatdi, to'pga birinchi etib kelgan Kroosning darvoza tomon bergan zarbasi noaniq ketdi.

46. Ikkinchi bo'limga start berildi!

45+1. O'yinning dastlabki bo'limi yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi. 

43. Jarima zarbasidan "Barsa" foydalana olmadi. Busketsga o'ziga uzatilgan to'pni boshi bilan Levaga uzatdi, Robertning zarbasi esa o'xshamadi.

40. O'yin shiddati yanada oshmoqda. 

"Real" chap qanotdan hujum uyushtirdi, to'p Mendiga kelib tushdi, u esa markazroqdagi Valverdega to'pni berdi, urugvaylik futbolchi chamasi 24 metrlardan darvoza tomon kuchli zarba berdi va gol urdi!

35. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Val-ver-de!!! Hisob 2:0!

33. "Ko'k-anorranglilar" goldan so'ng hujumlarni ko'paytirdi, biroq hozircha yakuniy zarbani hech kim berolmayapti.

26. Yana bir hujum "Barsa"dan. O'ng qanotdan havolatib uzatilgan to'pni Militao boshi bilan maydondan tashqariga chiqarib yubordi.

25. Xavfli vaziyat! "Barsa" o'ng qanotdan hujum uyushtirdi, to'pni jarima maydonchasi ichiga uzatdi, Levandovski darvozaga 3 metr bo'lgan masofadan zarba berdi, biroq gol emas!

20. Kataloniyaliklar hujum uyushtirishga shoshilmayapti. To'p nazoratida ustunlik qilib, "Santiago Bernabeu"dagi muxlislarga yoqmayapti.

14. "Barsa" gol o'tkazib yuborgach hujum uyushtirdi, biroq yakun muvaffaqiyatli bo'lmadi.

Kross katta tezlikda oldinga o'tdi, to'pni oldinga - Vinisiusga uzatdi, braziliyalik futbolchi oldinga yurish qilib darvozaga zarba berdi, to'pni ter SHtegen qaytardi, uni esa Benzema yana bir darvozaga yo'lladi va gol urdi!

12. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! "Real" hisobni ochdi!

7. Endi hujum navbati "Real"ga. Vinisiusning darvoza tomon bergan zarbasi himoyachilarga tegib maydonni tark etdi. Burchak zarbasi. 

7. Dembele oldinga o'tdi va to'pni markazroqdagi Levandovskiga uzatdi, Robertning zarbasi rekoshetga uchradi. Ushbu holatda offsayd ham bo'libdi. 

5. Kundening darvoza tomon yo'llagan zarbasini Lunin osonlik bilan ushlab oldi.

4. "Barsa" to'p nazoratini o'z qo'liga olishni boshladi. Muxlislar hushtakbozlikni boshlashdi.

2. "Real" o'yinni faollik bilan boshladi. Alaba olinga o'tib to'pni Vinisiusga uzatdi, u esa vaziyatni xavfli tus oldira bilmadi.

1. "El-Klasiko" boshlandi!

Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

- Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 19:15 da boshlanadi. 

Reyting: +46   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика