So’nggi yangiliklar

01:15АПЛда бирорта очко йиғмаган клуб бош мураббийи билан шартномани узайтирди  0 01:00ЕЧЛ. "Манчестер Сити" - "Наполи" 2:0 (матнли трансляция)  42 00:50Беллингем дербига қадар сафга қайтиши мумкин  0 00:19"Реал"нинг аппеляцияси яна рад қилинди  4 23:47ЕЧЛ. "Монако" Бельгияда "тарсаки еди", "Байер" Данияда дуранг ўйнади  0 23:20Луис Энрике "Аталанта"га қарши ўйинни трибунадан кузатгани сабабини айтди  0 23:00ЕЧЛ. "Ньюкасл" - "Барселона" ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари маълум!  16 22:37Жозе Моуринью: "Фенербаҳче"да ишлаб хато қилдим, у ер менинг даражам эмасди"  15 22:22Бернарду Силва: "Доннарумма менга Куртуани эслатади"  0 21:55Марказлашган VAR тизими Ўзбекистонда илк бор масофадан туриб синовдан ўтказилди  5 21:39Ўзбекистон U-16 ўртоқлик ўйинида Черногорияни мағлуб қилди  4 21:23Сантьяго Канисарес ЕЧЛ фаворитларини санади  3 20:59Жозе Моуринью: "Бунгача мен ишлаган бирорта гигант клубдан бунчалик иштиёқ олмаганман"  4 20:25Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Машъал"ни мағлуб эта олмади  6 20:08Расман: Жозе Моуринью - "Бенфика" бош мураббийи!  3

Kutib oling, “Bosh vazir kubogi-2020” futbol musobaqalari boshlanmoqda Yangiliklar

Kutib oling, “Bosh vazir kubogi-2020” futbol musobaqalari boshlanmoqda

Teglar :  Bosh vazir kubogi
Joriy yilning 4-12-oktyabr kunlari vazirliklar, idoralar, xo'jalik birlashmalari, yirik korxona va tashkilotlarning xodimlari o'rtasida futbol musobaqalari tashkil etilmoqda.

Xabaringiz bor, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev raisligida 2019 yil 4 sentyabrda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, xalqaro musobaqalarga tayyorgarlikni kuchaytirish masalalariga bag'ishlab o'tkazilgan videoselektor yigʻilishida vazirliklar, idoralar va xo'jalik birlashmalari hamda hududlardagi yirik korxona va tashkilotlarning markaziy apparati xodimlari o'rtasida turli ommaviy madaniy va sport tadbirlari, jumladan “Bosh vazir kubogi” musobaqasini o'tkazish vazifasi yuklatilgan edi.

Mazkur topshiriqning ijrosini taminlash maqsadida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashabbusi bilan joriy yilning 4-12-oktyabr kunlari vazirliklar, idoralar, xo'jalik birlashmalari, yirik korxona va tashkilotlarning xodimlari o'rtasida futbol musobaqalari tashkil etilmoqda.

SHu maqsadda “Bosh vazir kubogi” musobaqalarida qatnashish uchun mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan 150dan ortiq vazirlik, idora, xo'jalik birlashmalari, yirik korxona va tashkilotlarga taklifnomalar yuborildi. Musobaqada ishtirok etish uchun talabnoma taqdim etishning so'nggi muddati etib 10 sentyabr belgilangan.

Eslatib o'tamiz, o'tgan yili ilk marotaba tashkil etilgan musobaqalarda 64ta jamoa ishtirok etgandi. Bir haftadan oshiqroq davom etgan qizg'in va murosasiz bahslarda bosh sovrinni O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi jamoasi qo'lga kiritgan edi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика