Kurtua va Sebalos "Real" mashg'ulotini o'tkazib yubordi, Ryudiger niqobda ko'rinish berdi
15 okt 2022 17:36
Yangiliklar
Kurtua va Sebalos "Real" mashg'ulotini o'tkazib yubordi, Ryudiger niqobda ko'rinish berdi
Madridning "Real” klubi himoyachisi Antonio Ryudiger "Barselona"ga qarshi bahsda niqob taqqan holda o'ynadi.
Germaniyalik futbolchi CHempionlar Ligasi doirasidagi "SHaxtyor" bilan o'yinda (1:1) gol urayotgan vaqtida boshidan jarohat oldi, uning boshiga 20 ta chok tushdi.
Voqeadan so'ng futbolchining yuz suyagi shikastlanmagani xabar qilindi.
Bugun Klasiko arafasida Ryudiger himoya niqobida mashq qildi. SHu tariqa, uning o'yindagi ishtiroki istisno qilinmayapti.
SHu bilan birga, mashg'ulotlarda darvozabon Tibo Kurtua va yarim himoyachi Dani Sebalos qatnashmadi. Kecha belgiyalik futbolchi "El Klasiko"ni o'tkazib yuborishi haqida xabar berilgandi.
La Liganing 9-turidan o'rin olgan "Real" – "Barselona" uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 19:15 da boshlanadi.
Fikrlar