Kurtua "Real" tarkibida Ispaniya chempionatida 100ta o'yin o'tkazdi
15 avg 2021 09:24
Yangiliklar
Kurtua "Real" tarkibida Ispaniya chempionatida 100ta o'yin o'tkazdi
"Real" La Liganing ilk turida "Alaves"ni 4:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Bu madridliklar darvozaboni Tibo Kurtua uchun La Liga doirasida klub tarkibidagi 100-o'yin bo'ldi.
29 yoshli belgiyalik bu vaqt davomida 85ta to'p o'tkazib yubordi va 43 bor "quruq" o'yin o'tkazdi.
Kurtua 2018 yilning avgustidan beri "Real"da o'ynaydi. U klub tarkibida jami 130ta o'yin o'tkazib, o'z darvozasidan 125ta to'p olib chiqqan va 52 bor darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar