Kurtua: "Oltin to'p"ni qo'lga kiritish darvozabon uchun imkonsizdir"
18 okt 2022 13:57
Yangiliklar
Kurtua: "Oltin to'p"ni qo'lga kiritish darvozabon uchun imkonsizdir"
"Real" darvozaboni Tibo Kurtua Yashin sovrinini qo'lga kiritgani haqida fikr bildirdi.
"Men "Real"dagi jamoadoshlarimga rahmat aytmoqchiman. Bu jamoaning bir qismi bo'lish – aql bovar qilmaydigan tuyg'u. O'tgan mavsum qoyilmaqom o'tdi.
Bu sovrinni yutish men uchun sharafdir, ayniqsa, mendan tashqari unga davogarlik qiladigan hech kim bo'lmasa.
"Oltin to'p"ni qo'lga kiritish darvozabon uchun imkonsizdir. La Liga va CHempionlar Ligasida g'olib bo'lasiz, jamoa seyvlaringiz evaziga g'alaba qozonadi – siz esa bor-yo'g'i ettinchi o'ringa joylashasiz. Darvozabonlar uchun alohida sovrin yaratganingiz uchun rahmat.
2018 yilda Belgiya bilan Franciyaga yutqazgandik. Umid qilamanki, Qatarda omad ko'proq bizga kulib boqadi. Bizda ajoyib jamoa bor, men Jahon chempionatida muhim rol o'ynashni kutmoqdaman", – dedi Kurtua.
Fikrlar