Kurtua: “La Ligaga qaytish? SHundoq ham yuragim Madridda”
07 fev 2018 01:55
Yangiliklar
Kurtua: “La Ligaga qaytish? SHundoq ham yuragim Madridda”
Belgiyalik posbonni Madridning”Real”i o'z safiga qo'shib olish niyatida.
“Ispaniyaga doimiy borib kelishi “Real”ning qiziqishlari bilan bog'liqmi? Bu ko'proq oilaviy sabab bilan degan bo'lardim. U erda mening farzandlarim istiqomat qilishadi. Qizim bilan FaceTime orqali har kuni gaplashaman, o'g'lim esa hali juda yosh. SHu sabab imkon bo'ldi degunicha Madridga uchaman. Mening yuragim o'sha erda.
La Ligaga qaytishim haqiqatga yaqinmi? “Real” bu borada “CHelsi” bilan gaplashib olishi lozim. Ammo ular hali rahbariyatimizga bu borada murojaat qilishmadi. Bilaman, qachonlardir Madridga qaytaman. CHunki bu shaharni yaxshi ko'raman. Bu men unib-o'sgan joy. U erni tark etish menga juda og'ir bo'lgandi.
Agar men “qirollik klubi”ga kerak bo'lsam, qaror qabul qilishda mening shaxsiy qiziqishlarim bu borada muhim rol o'ynashi shubhasiz. Ammo ayni paytda “CHelsi” bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokara olib bormoqchiman”, deya Kurtuaning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Sport/Foot Magazine.
Fikrlar