So’nggi yangiliklar

00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  0 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  2 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  1 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  2 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  3 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  3 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  1 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  0 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  7 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3 18:28Гвардиола дарвозага янги посбон изламоқда. Португалия терма жамоаси аъзоси – номзодлардан бири  0

Kun qahramoni - Jasur Hasanov kecha Beg'amov bergan savolni esladi Yangiliklar

Kun qahramoni - Jasur Hasanov kecha Beg'amov bergan savolni esladi

Teglar :  Jasur HasanovAGMK
OCHL-2019 saralash bosqichi doirasidagi AGMK - "Istiqlol" (4:2) uchrashuvining eng yaxshi futbolchisiga aylangan Jasur Hasanov Olmaliqdagi tarixiy bahsdan keyin quyidagi fikrlarni bildirdi.

"Avvalambor barchaga rahmat! G'alaba orqali barchani xursand etganimizdan xursandmiz. Qiyin bahs bo'lishini avvaldan bilardik. SHunga monand bahsga jiddiy tayyorgarlik ko'rgandik. Bizni qo'llab-quvvatlab turgan muxlislar va jurnalistlarga rahmat. Ajoyib g'alaba bilan Olmaliq va o'zbekistonlik ishqibozlarni tabriklayman", - deya o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi bugungi uchrashuvning eng yaxshi futbolchisiga aylangan Jasur Hasanov. 

SHundan so'ng saytimiz muxbiri Jahongir Fazullaev qahramonga aylangan futbolchini mikst-zonada to'xtatib, uning fikrlari bilan qiziqdi.

- Kechagi matbuot anjumanida aynan sizga AGMKni etakchisi rolida ko'rishayotgani haqida savol berishgandi. Bugun o'sha fikrlar tasdig'ini amalda isbotladingiz. Taassurotlar qanday?

- Ha, esimda. SHahboz Beg'amov savol bergandi. O'shanda u meni OCHLda beshta jamoa safida o'ynaganimni keltirib, AGMKda ham etakchiga aylanashimni kutayotganini takidlagandi. Gap etakchilikda emas. Muhimi, bir jamoaga aylanish kerak. To'g'ri, o'z tajribamdan kelib chiqib jamoani ortimdan ergashtirishim zarur edi. Bugun ham ikkinchi golni o'tkazib yuborgach, bollarni yig'ib, ularni yonayotgan ko'ziga qarab: "Ikki og'iz to'g'ri tushuntirdim".

Ikkinchi goldan keyin yotib qolganim? Hech qanday jarohat yo'q. SHunchaki futbolda bazida kerak payt ayyorlik ham ishlatish kerak. O'sha vaziyatda men jamoa manfaati uchun biroz ayyorlik ishlatdim. Hech qanday jarohat yo'q. Keyingi o'yinga tayyorgarlikni bugundan boshlaymiz. Hali missiya tugagani yo'q.


Eslatib o'tamiz, bugungi bahsda AGMKning barcha gollariga Jasur Hasanov assistentlik qildi. Hasanov mazkur bahsda o'z hisobiga 4ta golli uzatni yozib qo'ydi.

Jasur Hasanov rasman AGMK - "Istiqlol" (4:2) uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Reyting: +104   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика