Kulibali Islom madaniyati markaziga tashrif buyurdi
15 apr 2023 13:20
Yangiliklar
Kulibali Islom madaniyati markaziga tashrif buyurdi
Himoyachi Kalidu Kulibali nafratga qarshi kampaniya doirasida "CHelsi" musulmon jamoasi azolari qatoriga qo'shildi.
Kulibali Parsons-Grindagi G'arbiy London Islom madaniyati markaziga tashrif buyurib, o'zi kabi hozirda Ramazonni nishonlayotgan dindorlar bilan uchrashdi.

"CHelsi"ning 26-raqamli futbolchisi Ramadan Tent Project loyihasi bosh direktori Umar Salha bilan birga chiqish qildi, u Ramazon oyi boshida "CHelsi" jamg'armasi bilan "Stemford Brij"da ochiq iftorlik uyushtirgandi.
Kulibali Umar va boshqa mehmonlar bilan suhbatlashdi, ulardan bazilari "Stemford Brij"dagi ochiq iftorlikda qatnashgandi.
Malumot o'rnida, "CHelsi" ro'zadorlarga iftorlik qilib bergan APLdagi birinchi klub bo'lgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
Fikrlar