So’nggi yangiliklar

16:14Гвардиола ёзда "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  0 15:27Жоан Лапорта: "Барселона" ва "Реал" ўртасидаги муносабатлар яхши эмас"  0 15:24"Футбол олами". "Нефтчи" чемпионликни Фарғонада нишонлаш имконига эга бўлди..."  1 15:03U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон - Панама 6:1  1 14:35Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради  17 14:18Жоан Лапорта: "Месси эндиликда “Барселона”га футболчи сифатида қайтмайди"  3 13:21"Реал" Эндрикни қўйиб юборишга рози бўлди  1 12:59Рубен Диаш: “Ман Сити”да янги ўйинчилар пайдо бўлди, лекин сифат ўзгармаган"  1 12:17Уэйн Руни: “МЮнинг ўтган ёзгача бўлган трансфер сиёсати даҳшатли эди"  1 11:53Ўзбекистон U-23 терма жамоаси асосий таркиби эълон қилинди  6 11:37Рауль Кумар: "Қатарга узоққа бориш мақсадида ташриф буюрганмиз ва биздан шуни кутишмоқда"  6 11:10Хорватия U-17 бош мураббийи: "Ҳеч қандай рақибдан қўрқмаймиз"  22 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар топди  1 10:24АПЛ клуби Родриго трансфери бўйича "Реал" билан музокараларни бошлади  0 09:56Дешам ЖЧ-2026дан кейин қайси клубни бошқариши мумкинлиги маълум бўлди  1

"Kuchli raqiblardan qo'rqish kabi ruhiy muammolar futbolchilarimizda ancha kamaygan" - "Mirabror Usmanov Memorial Cup -2023" oldidan matbuot anjumani o'tkazildi Yangiliklar

"Kuchli raqiblardan qo'rqish kabi ruhiy muammolar futbolchilarimizda ancha kamaygan" - "Mirabror Usmanov Memorial Cup -2023" oldidan matbuot anjumani o'tkazildi

Xabaringiz bor, o'tgan yili o'tkazilgan "Mirabror Usmanov Memorial Cup -2023" musobaqasi ananaviy tarzda bu yil ham tashkil etildi.

Mazkur turnirda 2008 yillardan iborat O'zbekiston U-15 terma jamoasi CHernogoriya, BAA va Saudiya Arabistoni terma jamoalariga qarshi maydonga chiqadi. Bugun O'FA majlislar zalida ertaga start oladigan turnir oldidan matbuot anjumani o'tkazildi.  

Eslatib o'tamiz, jamoamiz musobaqadagi dastlabki bahsni 11 avgust kuni BAAga qarshi o'tkazadi.

Islom Ismoilov (O'zbekiston U-15 bosh murabbiyi) - Bunday raqiblarga qarshi o'yinlar oldimizda turgan musobaqalarga tayyorgarlik vazifasini o'taydi. Uchta jamoa ham yuqori saviyada. Uyda o'ynayotganimizni hisobga olib, muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz. 

- Bu yoshda futbolchilarning holati turlicha bo'ladi. Ayrimlarida futbolni yanada uzoqroqqa olib ketishi hali mavhum . Bu holat bo'lajak rasmiy uchrashuvlarga qanchalik tasir qiladi? Jamoada raqobat qanday?

- Bir joyda to'xtab qolganimiz yo'q. Selekciya ishlari davom etmoqda. Bundan tashqari har bir klubda o'z dasturi bor. Biz qo'ldan kelgancha murabbiylarga malumot berib boramiz. Albatta har bitta futbolchi kelajakda asosiy terma jamoagacha etib borishini istaymiz. 

- Odatda kuchli raqiblar bilan o'yinlardan oldin sarosima ko'p kuzatiladi. SHogirdlaringiz ertangi bahsga ruhiy taraflama tayyormi?

- Oxirgi paytlarda futbolchilarimizda bunday holat yo'qolgan. Natijalar ham buni aytib turibdi. Futbolchilarda raqibdan qo'rqish yo'q. Ularni hurmat qilamiz va maydonga muxlislarni xursand qilish uchun tushamiz. 


Minya Jumovich (CHernogoriya  U-15 bosh murabbiyi) - Avvalambor O'FAga musobaqaga taklif qilishgani uchun rahmat aytib qolaman. SHuni aytishim kerakki shahringiz juda go'zal. O'ylaymanki, bu musobaqada yaxshi natija ko'rsatamiz.

- CHernogoriya bu musobaqada yangi terma jamoa hisoblanadi. Turnirda terma jamoa oldiga qanday maqsad qo'yilgan?

- Biz uchun muhim hisoblanadi. Qolgan terma jamoalarni kuchli, deb hisoblayman. Ularni hurmat qilaman. Qo'l ostimdagi 26 nafar futbolchining bari maydonga tushadi. Bu musobaqa Evropadagi saralash uchrashuvlarimiz uchun ham foydali bo'ladi. 

Stefan Saillant (Saudiya Arabistoni U-15  bosh murabbiyi) - Taklif uchun O'FAga minnatdorchilik bildiraman. Bu bahslar jamoamdagi yigitlar uchun katta tajriba vazifasini bajaradi. Musobaqada o'zimizning imkoniyatlarimizni ko'rib olamiz. 

- Saudiya futbolida katta o'zgarishlar yuz beryapti. Yulduzlar tashrifi davom etyapti. Ularning fonida o'smirlar, yoshlarning o'z klubida o'yin amaliyotiga ega bo'lishi imkoniyatini qanday baholaysiz?

- Musobaga futbolchilarga imkoniyat berish uchun kelganmiz. Ular qanday holatda bo'lmasin o'z klubida raqobatda yutib chiqishi kerak. 

Majid Salem Obayd (BAA U-15  bosh murabbiyi) - Yuqori darajadagi musobaqaga kelganimiz uchun tashakkur bildiraman. O'z darajamizni ko'rsatishimiz uchun katta tajriba bo'ladi. Futbolchilar uchun ham foydali jihatlari ko'p. 

- 2019 yil Toshkentga 2004 yillardan iborat BAA U-15 terma jamoasi bilan Toshkentga kelgan edingiz. Bu terma jamoadan nechta futbolchi katta darajaga chiqa oldi?

- Avval ham aytganimdek o'sha terma jamoadagi 7-8 nafar futbolchi milliy jamoaga etib borgan. Bundan albatta murabbiy sifatida faxrlanaman. 


Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика