So’nggi yangiliklar

Kristensen o'yin kuni "Liverpul"ga qarshi maydonga tushishdan bosh tortgan. Futbolchi Ispaniya grandiga o'tmoqchi Yangiliklar

Kristensen o'yin kuni "Liverpul"ga qarshi maydonga tushishdan bosh tortgan. Futbolchi Ispaniya grandiga o'tmoqchi

Himoyachi Andreas Kristensen jarohati bo'lmasada, Angliya Kubogi finalini o'tkazib yubordi.

Daniyalik ftbolchi "Liverpul"ga qarshi bahsda "CHelsi"ning qaydnomasiga ham kiritilmadi.

Biroq Sky Sports"ning malumotiga ko'ra, futbolchining sog'lig'i bilan muammo bo'lmagan. Boshqa bir himoyachi Tiago Silva esa og'riq bilan maydonda harakat qilgan – tizzasi bilan bog'liq muammo bo'lgan.

Daniyalik futbolchi o'yin kuni tongda maydonga tusha olmasligini malum qilgan. U asosiy tarkibda maydonga tushishi kerak bo'lgan, ammo Tomas Tuxelga bunday qila olmasligini aytgan.

Vaziyatga yaqin insonlarning aytishicha, Andreas faoliyatidagi keyingi sahifa — "Barselona" haqida o'ylayapti va shu sababli kubok finalida maydonga tushmaslikka qaror qilgan.

Reyting: -15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика