"Kristal Pelas" hujumchisining qulog'iga 25 ta chok tushdi
02 mar 11:25
Yangiliklar
"Kristal Pelas" hujumchisining qulog'iga 25 ta chok tushdi
Futbolchi Angliya kubogida jarohat olgandi.
"Kristal Pelas" hujumchisi Jan-Filipp Matetaning qulog'iga 25 ta chok tushdi. Hujumchi Angliya kubogidan o'rin olgan "Milluoll" klubiga qarshi o'yinda raqib davrozaboni bilan to'qnashib ketgandi. Darvozabon 7-daqiqada to'pga chiqaman deb oyog'i bilan to'g'ri Matetaning boshiga zarba bergandi. Posbonga to'g'ridan to'g'ri qizil kartochka berildi. Mateta esa maydonni kislorod niqobi bilan zambilda tark etdi.
"Kristal Pelas"ning xabar berishicha, Matetaning qulog'i tikilib, unga 25 ta chok tushgan. Hujumchi tez orada maydonga qaytishi kutilmoqda.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar