"Kristal Pelas" Glasnerning iste'fosini tezlashtirishi mumkin

Mirjalol Normatov
21 fev 2026, 00:21
"Kristal Pelas" Oliver Glasnerni iste'foga chiqarishi mumkin.

Jamoa so'nggi 15 o'yinda faqatgina bir g'alabaga erishdi va bu murabbiyning iste'fosi borasidagi xabarlarni ko'paytirdi.

19 fevral kuni londonliklar Konferenciyalar ligasi o'tish o'yinida safarda "Zrinski"ni mag'lub eta olmadi.

"Hayotga real qarayman. Ahvolimiz yaxshi emas. Shu sababli barcha mas'uliyatni bo'ynimga olaman. Chunki jamoaga men javob beraman.

Hozir men jamoadan ketgan futbolchilarning o'rnini to'ldira oladigan darajada yaxshi emasman. Hozir men jamoaga kelgan futbolchilarning tizimga moslashishini tezlashtira oladigan darajada yaxshi emasman. Hozir men o'yinlarning ketma-ketligini eplay oladigan darajada yaxshi emasman.

Boshqa tomondan olib qaraganda men klub tarixidagi eng yaxshi mavsumni o'tkazdim va ikki sovringa ega chiqdim", - dedi Oliver Glasner.

Yanvar oyida Glasner intervyuda ushbu mavsumdan keyin jamoadan kyetishini ma'lum qilgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: BBC