“Kristal Pelas” APLda o'zgacha antirekord o'rnatdi
12 mar 2023 09:20
Yangiliklar
“Kristal Pelas” APLda o'zgacha antirekord o'rnatdi
Angliya chempionati 27-turida “Kristal Pelas” o'z maydonida “Man Siti”ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Mezbonlar bahs davomida “shaharliklar” darvozasiga birorta ham aniq zarba yo'llay olishmadi. “Burgutlar” qatorasiga uch o'yindan beri ushbu yomon natijani qayd etishmoqda.
Opta manbasiga ko'ra, bu Angliya yuqori divizionidagi antirekord hisoblanadi. SHu kabi statistika 2003/04 yilgi mavsumdan beri hisoblab kelinadi.
Eslatib o'tamiz, “Kristal Pelas” “Siti”dan oldin safarda “Aston Villa”ga (0:1) yutqazgan va uyda “Liverpul” (0:0) bilan nursiz durang o'ynagandi. Umuman jamoa barcha musobaqalarda ketma-ket 11 o'yindan beri g'alaba nimaligini bilmay kelmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
Fikrlar