Krishtianu Ronalduning libosi kimoshdi savdosiga qo'yildi
20 dek 2021 19:48
Yangiliklar
Krishtianu Ronalduning libosi kimoshdi savdosiga qo'yildi
"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu futbolkasini aukcionda sotadi.
36 yoshli portugaliyalik futbolchi Portugaliya terma jamoasida o'ynagan hamda keyinchalik imzosi tushirilgan formasini kimoshdi savdosiga qo'ydi. Aukcion 24 dekabrda boshlanadi va barcha pullar La Palma orolidagi vulqon otilishi qurbonlariga beriladi.
"Vulqonning kuchi ham La Palmani barbod qilolmaydi. Men bu go'zal orolni qo'llab-quvvatlayman", — deb yozgan Ronaldu futbolkasiga.
Eslatib o'tamiz, Krishtianu Ronaldu "MYU" safida ushbu mavsum 18 o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol urgan hamda 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
Ла Лига. "Сельта" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди, Де Йонг майдондан четлатилди
Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор
Fikrlar