Krishtianu Ronalduning "Bavariya"ga qarshi statistikasi
14 apr 2018 09:05
Yangiliklar
Krishtianu Ronalduning "Bavariya"ga qarshi statistikasi
Aksariyat muxlislar bu juftlikni finalda to'qnash kelishini tahmin qilishgandi, ammo qolganlar ichida favorit deyilganlar yarim finaldayoq o'zaro kuch sinashadigan bo'lishdi.
SHu o'rinda takidlash lozim, musobaqaning amaldagi g'olibi Madridning "Real" klubi etakchisi Krishtianu Ronaldu "Bavariya"ni "yaxshi ko'radi".
So'ngi bor ushbu jamoalar Evropa CHempionlar Ligasi 1/4 final bosqichida ro'baro kelishgan va o'shanda "Qirollik klubi" mehmonda ham, o'z maydonida ham zafar quchib (ikki o'yin natijasiga ko'ra 6:3 hisobida), keyingi bosqichga yo'l olgandi. Yodingizda bo'lsa kerak, o'sha g'alabaga Krishtianu Ronaldu ham katta xissa qo'shgan.
Umuman olganda portugaliyalik forvard "Bavariya"ga qarshi o'yinlarda 6 bor maydonga tushgan va 9 bor raqib darvozasini ishg'ol qilgan.
Bu safar voqealar rivoji qanday tus oladi?
Fikrlar