So’nggi yangiliklar

19:30Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" (матнли трансляция)  7 19:19Баллак Чемпионлар Лигасининг жорий мавсумдаги асосий фаворитларини айтди  1 18:49Тармоқларда ЖЧ-2026 тўпининг суратлари айланмоқда  0 18:16"Андижон"нинг бўлажак рақиби ишончли ғалабага эришди  3 17:50Гвардиола: "3 нафар футболчимиз МЮга қарши аниқ ўйнолмайди. Стоунзнинг майдонга тушиши сўроқ остида. Қолганлар ўйинга тайёр"  3 17:44Суперлига. "Сўғдиёна" - ОКМК 3:0 (матнли трансляция)  10 17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  12 16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  1 16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  16 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1

Krishtianu Ronaldu: "Yuventus" - buyuk klub. Bolaligimdan "Yuve"da o'ynashni orzu qilganman" Yangiliklar

Krishtianu Ronaldu: "Yuventus" - buyuk klub. Bolaligimdan "Yuve"da o'ynashni orzu qilganman"

Teglar :  Krishtianu Ronaldu
"Yuventus" forvardi Krishtianu Ronaldu unga yangi klubida hamma narsa yoqayotgani haqida aytib berdi.

"O'zimni yaxshi his qilyapman. Hammasi ajoyib. Odamlar, muxlislar, murabbiylar shtabi menga yaxshi munosabatda bo'lmoqda. Baxtliman.

"Yuventus" - buyuk klub. Bolaligimdan bu jamoani kuzatganman va bir kun kelib "Yuve"da o'ynashni orzu qilganman. Endi jahonning eng yaxshi klublaridan biridaman.

"Yuventus" bilan ko'p marta o'ynaganman va italiyalik muxlislar meni yoqtirishini his qilganman.

Bu jahonning eng yirik klublaridan biri va shu sabali qaror qabul qilish qiyin bo'lmadi. "Yuventus" - ajoyib jamoa.

"Yuventus"ga qarshi CHempionlar ligasi 1/4 final uchrashuvida gol urdim va muxlislar meni olqishlaganini guvohi bo'ldim. Bu ajoyib tuyg'u edi. Avvaliga hayratlandim.

"Yuventus"ni kuzatib borganman, ammo endi bu klub menga ko'proq yoqib qoldi. Agar muxlislar seni yaxshi ko'rsa, o'zingni boshqacha his qilasan.

Qo'llab-quvvatlash uchun hammaga rahmat. Vazifam - eng yaxshi o'ynimni ko'rsatib, jamoani kuchaytirish. Bu mening ishim va "Yuventus"da o'tkazgan vaqtimdan rohatlanishga harakat qilaman.

Birinchi gol haqida o'ylamayapman. SHunchaki yaxshi formada bo'lib, jamoaga gol urishga yordam bermoqchiman.

A Seriyani bilaman, chunki o'yinlarni televizor orqali tomosha qilganman. Tez ko'nikib ketaman deb o'ylayman. Mavsumni iloji boricha yaxshiroq boshlamoqchiman. Birgalikda ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritamiz" - deydi Ronaldu.

Reyting: +37   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика