So’nggi yangiliklar

23:37ЕЧЛ. "Қайрат" ўз майдонида "Реал"га йирик ҳисобда ютқазди, Мбаппедан хет-трик!  56 23:27Виталий Левченко: "Сафарда муҳим ғалабани қўлга киритдик"  0 23:13Отабек Нарзуллаев: "Ҳимоямизни анча яхшилаб олдик"  0 23:08ЕЧЛ. "Интер", "Ливерпуль", "Челси" ва бошқа жамоаларнинг асосий таркиблари маълум!  0 22:55Футзал. 2-тур 3-кунида "Насаф", СҚБ ва "Oil-Star"да ғалабалар  0 22:43Александр Хомяков: "Бизга тетиклик етишмади"  6 22:39Суперлига. "Сўғдиёна" – "Нефтчи" 0:1   1 22:23Луис Энрике "Барселона"ни мақтади  0 21:41Клопп эмас: "Ал Иттиҳод" бош мураббийлиги учун асосий номзодлар маълум қилинди  0 21:14"Бунёдкор" мураббийлари тақдирланди  0 21:00Суперлига. "Нефтчи" меҳмонда "Сўғдиёна"дан устун келди  38 20:56Суперлига. "Машъал" бир киши кам "Бухоро"ни мағлуб эта олмади  16 20:25"Ал Аҳли" устози: "Ультрас" бизга ҳеч қандай босим ўтказмайди. Бундай мухлислар кўз ўнгида футбол ўйнаш ёқимли"  11 19:48Гвардиола "Манчестер Сити" футболчисининг "Реал"га ўтишига тўсқинлик қилган  4 19:20ЎФА нега жим?  12

Krishtianu Ronaldu yana qovun tushirdi Yangiliklar

Krishtianu Ronaldu yana qovun tushirdi

Teglar :  Krishtianu Ronaldu
Kecha "Real" va "Betis" o'rtasidagi bahsda (1:1) "Qirollik klubi" hujumchisi Krishtianu Ronaldu raqibga zarba berdi.

Bu uning joriy mavsumdagi birinchi "qovun tushirishi" emas. U avvalgi uchrashuvlardan ham agressiv harakatlar bilan raqib futbolchilariga zarba bergan.

Ronaldu bu mavsum Primeroda ikki marotaba sariq kartochka oldi, ammo chetlatilgani yo'q. Bu sariq kartochkalarning hech biri Krishtianu raqibga zarba bergan paytda berilmadi. Bundan tashqari, so'nggi bir necha oyda uning o'zini tutishi juda shubhali tuyilmoqda.

Ko'pchilik avvaliga Ronalduning bu "qiliqlari" Rafael Benites tufayli deb o'ylagan edi, ammo hozirgi kunda "Qirollik klubi"ni Zinedin Zidan boshqarayotgan bo'lsada, portugaliyalikning agressiv harakatlari tugagani yo'q.


Krishtianuning joriy mavsumdagi besh qo'polligini etiboringizga havola qilamiz.

1. Krishtianu Ronaldu -  Devid Saymon. Ronaldu "Las-Palmas" yarim himoyachisi Devid Saymonni oyog'iga zarba berdi (30 oktyabr, 2015). Ushbu vaziyatda bosh hakam etibori to'pga qaratilgan edi. (TAS-IX emas)



2. Krishtianu Ronaldu - Krixovyak. "Sevilya"ga qarsh o'yinda Krishtianu Krixovyak yuziga tirsagi bilan zarba berishga urinadi (7 noyabr, 2015).



3. Krishtianu Ronaldu - Dani Alves. "Real" va "Barselona" o'rtasidagi bahsda (0:4) Ronaldu uning yo'lini to'sishga uringan Dani Alvesga tirsagi bilan zarba beradi (21 noyabr, 2015).



4. Krishtianu Ronaldu - Nacho Kases. Ronaldu yana bir bor yo'lidagi futbolchi, Nacha Kasesni urib yiqitdi. Bu safar ushbu vaziyat "Sporting" - "Real" uchrashuvida sodir bo'ldi (17 yanvar, 2016). O'yindan so'ng Ronaldu: "Men bu ishni atayin qilganim yo'q. Agar atayin unga zarba berganimda, Kases o'rnidan turmagan bo'lar edi".



5. Krishtianu Ronaldu - Francisko Molinero. "Betis" futbolchisi Francisko Molinero Krishtianu Ronalduning qo'polligini "iflos harakat" deb atadi: "Bu iflos harakat edi, uni maydondan haydash kerak. Men ham begunoh emasman, ammo futbolchi o'zini tuta bilishi lozim".


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика