So’nggi yangiliklar

09:40МЮнинг яна бир иқтидор соҳиби ёзда жамоани тарк этмоқчи  0 09:17Анчелотти нима сабабдан Неймарни термага чақирмаганига изоҳ берди  0 08:51Суперкубок. Бугун финал  0 08:26Родриго келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:00Ўзбекистон кубоги. Бугун яна бир ярим финалчи аниқланади  5 07:35Жиззахда "Сўғдиёна" "Навбаҳор"га ҳеч қандай имконият қолдирмай мағлуб этган учрашувдан ГАЛEРEЯ  4 02:05АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси тақдирини 16 ёшли йигит ҳал қилди  14 01:50А Серия. "Интер" 5та гол фарқи билан ғалабага эришди  1 00:54Неймар ва "Реал" футболчилари Бразилия терма жамоасига чақирилмади  4 00:10Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" – "Навбаҳор" 4:0  7 00:07Сергей Лушчан: “Бугун улар ўз жамоаси учун эмас, рақиб учун ўйнашди. "Навбаҳор"да ишлар эканман, бу ўйинчилар энди таркибдан жой олмайди”  44 23:46"Наполи" МЮ футболчисини ўз сафига қўшиб олади  1 22:38Аёллар ўртасида ОЧЛ. "Насаф" қизлари Непал клубини таслим қилди  0 21:54Винисиус "Овьедо"га қарши ўйинни захирада бошлашини кутмаган экан. Алонсо уни огоҳлантирмаган  2 21:35"Бавария" Жексон билан келишувга эришди. Энди "Челси" билан музокаралар бўлиб ўтади  2

"Krasnodar" "Lokomotiv"ni kichik hisobda mag'lub etdi Yangiliklar

"Krasnodar" "Lokomotiv"ni kichik hisobda mag'lub etdi

Rossiya CHempionati 25-turidan o'rin olgan "Krasnodar" - "Lokomotiv" uchrashuvi yakunlandi.

Krasnodar - Lokomotiv 1:0

Gol: Pereyra 37 (pen),

Krasnodar: Dikan, Kaleshin, Grankvist, Sigurdsson, Petrov, Ahmedov, SHirokov, Pereyra, Izmaylov, Mamaev, Ari.

Lokomotiv: Gilerme, Denisov, Logashov, CHorluka, Peychinovich, SHeshukov, Mixalik, Kasaev, Samedov, Miranchuk, Niasse.




Uchrashuv yakunlandi!


90. O'yinning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.


83. "Lokomotiv" hujumga o'tishga harakat qilyapti, ammo mezbonlar hozircha bunga yo'l qo'yayotgani yo'q.


80. Ahmedov uzoq masofadan raqib darvozasiga zarba berdi. Noaniq. Odil maydonga noqulay yiqildi va jarohat olgan ko'rinadi.


76. Denisov o'yinni o'ziga olmoqda. Jamoadoshlarining sust o'yinidan zerikkan Vitaliy bir o'zi nimalardir qilishga urinmoqda.


71. Denisov uzoq masofadan zarba berdi, biroz noaniq.


O'zgarish. Pereyra o'rniga Vanderson ("Krasnodar").

70. Ahmedov "Lokomtiv"ning hujumini bartaraf etdi.


64. Biroz oldin CSKA g'alaba qozondi va ular "Krasnodar"dan bor-yo'g'i 1 ochko ortda qolishmoqda.


63. Mezbonlar bor kuchi bilan hujumga o'tayotgani yo'q, chunki ularni shu hisob ham qoniqtiradi.


62. O'zgarish. Mixalik o'rniga Fernandesh ("Lokomotiv").


56. Mamaev va Mixalik to'qnashib ketishdi.


49. Samedovning zarbasidan so'ng Dikan to'pni qaytardi 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi 


Rossiya chempionati turnir jadvali


Birinchi bo'lim yakunlandi.


45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.


37. GOL! Pereyra! 11 metrlik jarima to'pini aniq amalga oshirdi.


36. PENALTIII!!!!! Odil Ahmedov chap qanotda to'pni himoyadan hujumgacha olib borib, to'pni jarima maydonchasiga tashlab berdi. "Krasnodar" futbolchisi to'pni qo'yib yubordi, Ari esa to'pga zarba bermoqchi bo'lganida himoyachi uni yiqitdi.


35. Hozircha hisob ochilgani yo'q. Ikkala jamoa birin-ketin hujumlar uyushtiryapti, ammo uni yanulashda hujumchi adashyapti yoki himoyachi bunga to'sqinlik qilmoqda.


25. O'zgarish. SHeshukov o'rniga SHishkin.


19. "Krasnodar" ko'proq to'pga egalik qilyapti, Odil Ahmedov hozircha biror marta to'pni yo'qotgani yo'q va to'p oshirishlarida xato qilmadi.


15. Hozircha ikkala jamoa golga tortadigan xafvli hujum uyushtirgani yo'q. Ahmedov va Denisov ham ko'p ko'zga tashlanmayapti.



2. Petrovning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.

Ilk daqiqada "Lokomotiv" himoyachisi Pereyraga nisbatan qo'pollik ishlatdi va "Krasnodar"da gol urish uchun ajoyib imkoniyat.

1. O'yin boshlandi. 


- Maydonga ikkala jamoa vakillari chiqib kelmoqda.


- Yana bir bor assalomu alaykum hurmatli futbol muxlislari.


Ushbu uchrashuv "Kuban" stadionida bo'lib o'tadi


"Lokomotiv" futbolchilari stadionda



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика