So’nggi yangiliklar

01:46Ўзбекистон терма жамоасининг шанба кунги машғулоти  1 01:42Миллатлар лигаси. Испания, Португалия, Сербия, Руминияда ғалаба, Беларусь ва Шимолий Ирландия нурсиз дуранг ўйнади  6 01:31"Ливерпуль" туркиялик футболчига қизиқмоқда  2 00:49"Хвича икки йилдан сўнги Англия ёки "Реал"га йўл олади. Бошқалар унинг учун тўлай олишмайди"  1 23:28"Ал Ҳилол" келаси йили Винисиус Жуниорни харид қилмоқчи  5 22:57Миллатлар лигаси. Хорватия ўз уйида ғалабага эришди, Болгария — Люксембург ўйинида 11та сариқ карточка кўрсатилди  6 22:07Ўткир Юсупов: "Эрон билан ўйинда 1 очко ҳам яхши натижа, БААни эса мағлуб этмоқчимиз"  9 21:41Суперлига. "Динамо" — "Навбаҳор" 0:1  0 21:29Мбаппе Франция терма жамоасининг фақат муҳим ўйинларида ҳаракат қилмоқчи. "Реал" форварди 2025 йилги "Олтин тўп"ни кўзлаган  3 20:55Суперлига. "Навбаҳор" 14-турнинг қолдирилган ўйинида "Динамо"дан устун келди  36 20:26Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 19:49"Манчестер Сити"нинг машҳур спорт директори клубни тарк этяпти  4 19:18Кроос "Реал"га қайтяпти  5 18:45Ўзбекистон терма жамоасининг машғулоти Сречко Катанец назорати остида ўтади  43 18:25Про лига. Бешимовнинг голи "Қўқон-1912"га ғалаба тақдим этди  2

Kovid niqobidagi "Koach", Babayan vs SHackix va Kubok ilinjidagi "Andijon" hamda "Lokomotiv" Yangiliklar

Kovid niqobidagi "Koach", Babayan vs SHackix va Kubok ilinjidagi "Andijon" hamda "Lokomotiv"

CHempionatning so'nggi turidagi "Nasaf" - "Lokomotiv" (0:0) va "Navbahor" - "Paxtakor" (1:1) o'yinlarining davomi sifatida, qura bizga mazkur ikki to'qnashuvni yana bir bor taqdim etdi.

Milliy futbolimizga qiziqmaydiganlar, buni kubokni ikkinchi uchrashuvi deb o'ylashlari aniq. Nima bo'lgan taqdirda ham, bizda 1/4 finalni o'zida ikkita yaxshi saviyadagi to'qnashuv bor.


Hakamlar mavzusiga bugungi maqolada to'xtalmaymiz, chunki ular haqida har qancha gapirilsa, yomon bo'lsa bo'lyaptiki, yaxshilanmayapti.


2 sentyabr

"So'g'diyona" - "Qizilqum".

"O'rgimchak odam", "Betmen", "Temir odam" kabi qahramonlarni bilamiz, Jizzaxda ham bugun qahramon paydo bo'lgan, bu - "Kovid niqobidagi Koach"! "Maska" taqish majburiyati ancha avval tugatilgan bo'lsada, O'zbekistonda niqob taqib yurgan kam sonli insonlardan biri, bu - Ulug'bek Baqoev. Eng qizig'i u niqobni faqat o'yin davomida taqadi. Niqob ham o'zgarmaydi. "Paxtakor" bilan uchrashuvdan avval yo'qotib qo'yganligi va buning uchun asabiylashgani haqida aytishdi. Bazi birlar buni nos uchun niqob desa, bazi birlar uni g'alaba timsoli deydi. Nima bo'lgan taqdirda ham, men niqobni qishda mazza qilib taqdim, tomoqni issiq ushlaydi.

Bevosita ertangi o'yinga keladigan bo'lsam, bu bahsning bosh hakami SHavkat Nasibullaev. O'yinning tempiga mos. "So'g'diyona" uy uchrashuvlarida raqibning o'yin uslubiga qarab maysani sug'ormaydi. "Qizilqum"dagi sobiq temiryo'lchilar pas o'ynashlarini inobatga olsak, bu maydonda qiynaladilar. Yaxshi sifatdagi maydonda "Olimpik" bu jamoaga qarshi qanday o'ynash mumkinligini ko'rsatdi. SHu o'rinda bir narsani unutmasligimiz kerak, "So'g'diyona" joriy mavsum uyida faqatgina ikkita o'yinda mag'lubiyatga uchradi. Aynan navoiyliklar Jizzaxda javobsiz 3ta golni "bo'rilar" darvozasiga ura olganlar. Ulardan tashqari faqatgina "Nasaf" (1:2) bu erdan 3 ochko bilan ketgan. Ikki jamoaning tarkibida teng saviyadagi tajribali o'yinchilar bor. Bu juftlik g'olibiga omad kulib boqsa, yarim finalda "Andijon" - AGMK juftligi g'olibiga qarshi tushadigan bo'lsa, omad kulib boqib Buxorodagi finalda ishtirok etishi ham mumkin bo'ladi.


"Navbahor" - "Paxtakor"

O'yin teng bo'ldi, gollar ham, urilmagan imkoniyatlar ham. Lekin Toshkentdagi o'yinga qaraganda, Maksim SHackix "Paxtakor"ni o'yinini deyarli o'zgartirib yubordi, o'zgargan o'yin esa, qisqa vaqt ichida qilinganligini inobatga olsa mutaxassislar tomonidan yuqori baholandi. CHempionatdagi so'nggi o'yinda "Paxtakor"ning g'alabasiga faqatgina "Navbahor" muxlislari to'siqlik qildi. Mazkur o'yinni stadionda kuzatdim. Garchand chipta avvalgi o'yinlarga qaraganda qimmatlik qilgan bo'lsada, stadiondagi muxlislar ko'p bo'ldi. Kubok sovrin yo'lidagi yaqin yo'l. Tabiiyki Samvel Babayan o'zini bekorga vodiyga kelganligi isbotlashi uchun qulay musobaqa. Qolaversa, OCHL yo'llanmasi. SHackixdan farqli ravishda Babayanga hozir qiyin bo'ladi. CHempionatdan farqli ravishda kubokda durang bo'lmaydi, o'yinni penaltilar ceriyasigacha olib borish uchun himoyaviy futbolni tanlash tavakkalchilik. Birdaniga "Paxtakor"ning o'yin uslubida bo'lgan o'zgarish tabiiyki "Navbahor"ni chalg'itib qo'ydi, ular hozir poytaxtliklarni chorak finalda qanday o'ynashlarini bilmaydilar. Bu bilan "Paxtakor"ga oson bo'ladi deb aytib bo'lmaydi. Agar SHackix chempionatdagi taktikadan foydalansa, bu borada endi "Navbahor"da tushuncha bo'ladi. Hoshimov ham, Golban ham shunga monand maydonda harakat qiladi. 17 turda bo'lgani kabi, bu bahsda ham "Navbahor" muxlislari o'n ikkinchi emas, kerak bo'lsa klubning 11 nafar futbolchisidan ko'ra muhimroq o'rinda bo'ladilar.


3 sentyabr

"Andijon" - AGMK

Dunyo sensaciyalarga bor, o'z paytida o'yinning mehmoni AGMKni kim o'ylagan edi O'zbekiston Kubogini yutishini. SHunday o'y bilan andijonliklar o'yinni kutishyapti. Qurada ularga omad kelyapti. Endi bu omad o'yinga ko'chishi kerak. Bari bir Pro Liga va Superliga o'rtasidagi farq katta. Buni "SHo'rtan" bilan "Paxtakor"ning o'yinida ko'rdik. Ikkinchi taymda raqibning kuchi umuman etmadi. Kumikov jamoasi AGMKni yaxshi taniydi, Mirjalol Qosimovning ish uslubi ham unga tanish va ularda ham "Navbahor"da bo'lgani kabi super darajadagi muxlislar bor.

AGMK bugun chempionatda oltinchi o'rinda boryapti. To'g'ri, ochkolar o'rtasidagi tafovut katta emas, lekin vaziyat o'zgarmasa, Kubok, bu OCHL yo'lidagi so'nggi imkoniyat. Bo'lib ham, to'g'ridan - to'g'ri yo'llanma. "Biz, bu biz" shiori ostidagi AGMK o'yinda favorit. Tarkib jihatdan Mirjalol Qosimov o'yinda favorit. Yuriy Vazgenovichning gapini yodga olaman, bu o'yinda ko'p gol urgan jamoa yutadi.


"Nasaf" - "Lokomotiv"

Bu o'yinning mashmashasi Respublikani qamrab oldi. Avvaliga muxlislar "Lokomotiv" tomon o'tib oldilar, durang bilan o'yin tugagach ehtirosini jilovlay olmagan Ro'ziqul Berdiev uchrashuv bosh hakami Risqullaevga "tashlandi". Keyin "Nasaf" matbuot xizmati Berdievni, PFL esa hakamga qilgan munosabati haqida chiqish qildi. Bu hammasi "temiryo'lchilar"ga qarshi o'yindan keyin bo'ldi. Jeparov uchun debyut o'yinda, birinchi o'ringa chiqib olishi mumkin bo'lgan jamoaga qarshi o'yinda durang uchun g'alabaga teng, lekin yuqorida yozib o'tdim, kubokda durang o'tmaydi. Bugungi "Lokomotiv" selekciya borasida "Nasaf"dan ancha ortda. Davralar oralig'ida olingan futbolchilar ham jamoani kuchaytirib yubormadi. Bizda hamon futbolni inson tanasi emas, familiyasi o'ynaydi.

Berdiev so'nggi turdagi natijani sensaciya ekanligini isbotlash uchun maydonga chiqadi. Mezbonlardan ilk daqiqalardanoq kuchli hujum qilishni kutish mumkin. "Lokomotiv" uchun ham kubok OCHL uchun so'nggi imkoniyat. Etibor qilayotgan bo'lsangiz, "Navbahor" va "Paxtakor" juftligidan boshqa hamma jamoa uchun kubok OCHL yo'lidagi imkoniyat.

Bu erda yana boshqa qiziqarli malumotlar bor - https://t.me/Nadirkhuja

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика