Koutino futbol tarixidagi eng qimmat ikkinchi futbolchi bo'ladi
08 avg 2017 17:12
Yangiliklar
Koutino futbol tarixidagi eng qimmat ikkinchi futbolchi bo'ladi
"Liverpul" yarim himoyachisi Filippe Koutino tez orada "Barselona" futbolchisiga aylanishi mumkin.
Oldinroq, qizillar Koutinoni sotishga rozi ekanligi, "Barselona" esa futbolchi uchun 120 mln. funt to'lashga tayyorligi elon qilingan edi.
Ayni damda futbol tarixidagi eng qimmat transfer Neymarning xaridi hisoblanadi. PSJ klubi braziliyalik uchun "Barselona"ga 222 mln. evro o'tkazib berdi. Agar Kataloniya klubi "Liverpul"ga xabarlarda ko'rsatilgan mablag'ni to'lasa, Koutino futbol tarixidagi eng qimmat ikkinchi transferga aylanadi. Hozircha bu o'rin Pol Pogbaga (105 mln. evro) tegishli.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar