Koul Sancho haqida: "Jeydon shundoq ham ko'p maosh oladi, nega u 23 yoshida Saudiyaga ketishi kerak"
11 sen 2023 19:12
Yangiliklar
Koul Sancho haqida: "Jeydon shundoq ham ko'p maosh oladi, nega u 23 yoshida Saudiyaga ketishi kerak"
"Arsenal"ga qarshi APLning 4-tur o'yinidan keyin Erik ten Xag Jeydon mashg'ulotlarda o'zini ko'rsatmagani uchun qaydnomaga kiritilmaganini aytdi. Yarim himoyachi bunga ijtimoiy tarmoq orqali javob berdi: "Uzoq vaqt aybdor sifatida ko'rsatildim - bu adolatsizlik. Mashg'ulotlarda ter to'kyapman, o'qiyotganingizga ishonmang. Boshqa sabablar bo'lgan".
Mojarodan so'ng "Al Ittifoq" Sanchoni ijaraga olishga urindi, biroq kelishuv amalga oshmadi, futbolchi esa "Manchester Yunayted"da qoldi.
"U 23 yoshda, Jeydon nega bu yoshda Saudiya Arabistoniga ketishi kerak? Sancho "Manchester Yunayted"da shundoq ham ko'p pul oladi. Bazida u yosh ekanligini unutib qo'yamiz.
Futbolchi faoliyatida sodir bo'layotgan voqealarni biz muhokama qilmasligimiz kerak, ammo bir narsani ayta olaman: Hammada muammo bo'ladi va hozir Jeydon hayotida nima bo'layotganidan xabarimiz yo'q - futbolchi ko'p pul olsa, uning ruhiy holati qolganlarnikidan yaxshi bo'ladi degani emas. U nega maydonda o'zini ko'rsata olmayapti? MYU va futbolchi buni aniqlab olishi kerak. Hammasi oddiy" - deydi MYU sobiq futbolchisi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
Ла Лига. "Сельта" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди, Де Йонг майдондан четлатилди
Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор
Fikrlar