So’nggi yangiliklar

13:58Суперлига. Плей-офф: "Арал" "Бухоро" билан рўбарў келмоқда (онлайн ҳисоб)  9 13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  0 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 12:10Санжар Қувватов собиқ жамоасига қайтди  7 11:43Водий клублари Ўзбекистон МТЖ аъзосига даъвогарлик қилмоқда  4 11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  2 10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  4 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  13 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  3 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  4 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  12 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  15 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1

Kosta-Rika bosh murabbiyi: "Mundial uchun tarkibga xatto Keylor Navas kabi futbolchilar ham kira olmasligi mumkin" Yangiliklar

Kosta-Rika bosh murabbiyi: "Mundial uchun tarkibga xatto Keylor Navas kabi futbolchilar ham kira olmasligi mumkin"

Janubiy Koreya hamad Kosta-Rika terma jamoalari o'rtasidagi bahsdan (2:2) so'ng mehmonlar ustozi Luis Fernando Suares o'yin haqida fikr bildirdi.

"Bu biz uchun muhim bahs edi, chunki Qatardagi JCHga oz vaqt qoldi. Jamoam yaxshi o'yin ko'rsatdi. Dastlabki daqiqalarda qiynaldik, biroq ikkita gol urib, qoniqarli natija qayd etdik. Bu uchrashuv orqali jamoamning kamchiliklarini ko'rib oldim. Yangilarni sinovdan o'tkazdim va ular o'zini yaxshi tomondan ko'rsatishdi.

Har bir vaziyatda g'olib chiqishga harakat qildik. Maqsadimiz - dastlabki 20 daqiqada himoyada ishonchli o'ynab, qolgan vaqt davomida tartibli o'yin ko'rsatish edi. Joel Kempbellni qo'rqmasdan foydali hujumchi deya olaman, uning harakatlari meni xursand qildi. Ikkita gol ura olganimizdan mamnunman.

Yoshlarimizning o'yiniga ijobiy baho beraman. JCHga 26 futbolchini olib ketish kerak, shu sababli asosiy tarkibga tusha olmaganlar ham yaxshi formada bo'lishi kerak. SHunday o'yinlarda yoshlarni ishga solsak JCHda osonroq bo'ladi.

Qatardagi JCH uchun yakuniy tarkib? Bu haqida gapirishga erta. Futbolchilar bilan yaqindan tanishib olganman, ammo ular mundial oldidan yaxshi formada bo'lishadimi? Xatto Keylor Navas kabi futbolchilar ham tarkibga kirmay qolishi mumkin" - deydi Kosta-Rika terma jamoasi bosh murabbiy Luis Fernando Suares.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика