Konte o't pufagidagi operaciyadan so'ng muxlislarga murojaat qildi
02 fev 2023 10:44
Yangiliklar
Konte o't pufagidagi operaciyadan so'ng muxlislarga murojaat qildi
Londonning "Tottenxem" klubi bosh murabbiyi Antonio Konte o't pufagini olib tashlash bo'yicha muvaffaqiyatli operaciya qilindi.
Italiyalik mutaxassis biroz vaqt ko'rinish bermasligini aytgan holda muxlislarga murojaat qilib chiqdi.
"Ajoyib xabarlaringiz uchun rahmat. Operaciyam yaxshi o'tdi va o'zimni yaxshi his qilyapman. Endi o'zimga kelishim kerak. Jamoa bilan birga ishlashni intizorlik bilan kutaman!", – dedi Konte.
"Tottenxem" 21 turdan keyin 36 ochko bilan Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 5-o'rinda bormoqda. "SHporlar" navbatdagi o'yinda "Manchester Siti"ga qarshi o'ynaydi. Bahs 5 fevral kuni Londonda bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar