Konte MYU haqida: "Ronaldu, Varan va Sancho bilan kuchayib, o'tgan mavsumdan ham yomon o'yin ko'rsatishdi"
22 apr 2022 09:38
Yangiliklar
Konte MYU haqida: "Ronaldu, Varan va Sancho bilan kuchayib, o'tgan mavsumdan ham yomon o'yin ko'rsatishdi"
Antonio Konte Erik ten Xagning "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi etib tayinlanganiga o'z munosabatini bildirdi.
"Albatta biz katta, jiddiy klub haqida gaplashyapmiz. Yoddan chiqarmang, MYU o'tgan mavsumda ikkinchi o'rinni egalladi va o'z tarkibimiz Ronaldu, Varan va Sancho kabi futbolchilar bilan kuchaytirib oldi. G'alati, ular tarkibni kuchaytirgan bo'lsalarda, o'tgan mavsumdan ko'ra yomonroq natija ko'rsatishdi. Bu Angliyada barchasi qiyin ekanligini ko'rsatmoqda.
APLda ishlash har qanday murabbiy uchun qiyin. Bu erda daraja yuqori. "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi esa qattiq bosim bilan to'qnashadi. Sovrinlar uchun kurashish kerak. Bu oson emas, chunki boshqa jamoalarda ham shunday rejalar bor", - dedi "Tottenxem" bosh murabbiyi Antonio Konte.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar