Konte: "Angliyada keyingi JCHga kuchli terma jamoa yaratish uchun ajoyib imkoniyat bor"
30 okt 2017 11:10
Yangiliklar
Konte: "Angliyada keyingi JCHga kuchli terma jamoa yaratish uchun ajoyib imkoniyat bor"
"CHelsi" bosh murabbiyi Antonio Konte 17 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasida Angliya terma jamoasining jahon chempioniga aylangani haqida fikr bildirdi.
"Angliyada futbol juda tez o'smoqda, chunki bu Angliya terma jamoasining yagona g'alabasi emas. Oldinroq U19 va U20 terma jamoalari ham muvaffaqiyatga erishgandi. Demak, ingliz futboli rivojlanyapti. Kelajakda Angliya terma jamoasini mag'lub etish juda qiyin bo'ladi. Agar sizda shunday yosh avlod bo'lsa, keyingi jahon chempionatiga kuchli terma jamoa yaratish imkoniyati bo'ladi" - deydi Konte.
Fikrlar