Kolo Ture: "Arsenal" uzoq yillar bir xil xatoni takrorladi"
26 mar 2023 16:50
Yangiliklar
Kolo Ture: "Arsenal" uzoq yillar bir xil xatoni takrorladi"
"Arsenal" Premer-ligani yutishga loyiq jamoa sifatida ko'rinmoqda, ularda sifat va jamoaviylik bor. Jamoa birgalikda himoyalanmoqda va hujumga o'tmoqda. Futbolchilar bir oila sifatida shakllangani ko'rinib turibdi. Ular bir-biri uchun kurashishga tayyor holatda.
"Arsenal"ga tavsiyam: Saka bilan 10 yillik shartnoma imzolash kerak! Klub uzoq yillar davomida bir xil xatoni takrorladi: muxlislar sevgan, tarkibdagi asosiy futbolchilarning ketishiga ruxsat berildi.
Bunday futbolchilarni saqlab qolish kerak, aynan shunday futbolchilar jamoani oldinga boshlaydi. Bunday futbolchilar jamoa og'ir holatga tushib qolganida masuliyatni bo'yniga oladi va borini beradi. SHu sababli bunday futbolchilarni muxlislar yaxshi ko'rishadi", - dedi Ture.
Saka ushbu mavsumda APLning 28 o'yinida 12 gol va 10 assist qayd etdi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar