Kolarov "Inter"dan ketadi Yangiliklar

Kolarov "Inter"dan ketadi

"Inter" rahbariyati serbiyalik himoyachi Aleksandr Kolarov bilan xayrlashishga qaror qildi.

Tomonlar mavsum yakunida hamkorlikni to'xtatishadi. Milanliklarni 35 yoshli futbolchining o'yin sifati qoniqtirmayapti.

Kolarov "Inter"ga o'tgan yilning sentyabr oyida "Roma"dan o'tgan edi. Uning Milan klubi bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.

Aleksandr joriy mavsum Italiya chempionati doirasidagi 7ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика