Koentrau: "Ronaldu Jahon chempionatida ko'p odamlarning og'zini yopadi"
24 noy 2022 14:51
Yangiliklar
Koentrau: "Ronaldu Jahon chempionatida ko'p odamlarning og'zini yopadi"
Portugaliya terma jamoasi sobiq himoyachisi Fabiu Koentrauning fikricha, hujumchi Krishtianu Ronaldu 2022 yilgi Jahon chempionatida porlashi mumkin.

"Krishtianu haqida yomon gapirgan futbolchilar ko'p. Jahon chempionatida u ko'pchilikning og'zini yopadi. Uning taklif qiladigan narsasi bor, men uning nimalarga qodirligini bilaman", – dedi Koentrau.
37 yoshli portugaliyalik ushbu haftada "Manchester Yunayted" bilan shartnomasi bekor qilinganidan so'ng klubsiz qoldi, shundan so'ng tanqidlarga uchradi.
2022 yilgi mundial Qatarda bo'lib o'tmoqda va 18 dekabrda yakunlanadi. Portugaliya terma jamoasi Gana, Urugvay va Janubiy Koreya bilan bir guruhdan joy olgan. Portugaliyaliklar 24 noyabr kuni ilk turda ganaliklar bilan uchrashadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Fikrlar