So’nggi yangiliklar

11:49"Манчестер Сити" стадион ёнида де Брюйне ҳайкали ўрнатилади  0 10:51Беллингем фаолиятини Германиянинг ТОП жамоаларидан бирида давом эттириши мумкин  1 10:23Уч нафар ҳужумчи ёзда “Ливерпул”ни тарк этиши мумкин  8 10:04Суперлига 11-тур расмийлари маълум. Марказий ўйинни Шавкат Насибуллаев бошқаради  2 09:57“Реал Мадрид“нинг Родригонинг ўрнига “Барселона“ анча вақтдан бери қизиқаётган футболчини сотиб олмоқчи  14 09:30“Арсенал“ ва “Челси“ 80 миллион фунтлик футболчи учун курашмоқда  1 09:03Вирцдан воз кечган “Ман Сити“нинг ёзги трансфер мақсади маълум  1 08:36“Реал Мадрид“ етакчиси операция қилинади ва келаси мавсумнинг бошини ўтказиб юборади  7 08:09Гвардиола ғалати сабаб туфайли “Ман Сити“ни тарк этиши мумкинлиги маълум қилди  16 07:45Sofascore. Жамоасининг голларидан бирига муаллифлик қилган Ғаниев неча баҳо олди?  6 07:18Ўзбекистон кубоги. Бугун гуруҳ босқичи якунланади  0 02:00АПЛ. "Манчестер Сити" "Борнмут"ни мағлубиятга учратиб, ЕЧЛ йўлланмасини деярли ҳал қилди. Ҳусанов қайдномага киритилмади  34 00:35Эмилиано Мартинес икки топ-клуб қизиқишлари доирасида  2 00:13"Атлетико" президенти 3-ўрин ҳақида: "Бу фалокат!"  12 23:45"Барселона" асосий трансфер мақсадини белгилаб олди  12

Ko'chada qolib ketgan o'zbek futboli Yangiliklar

Ko'chada qolib ketgan o'zbek futboli

Erta tongdan saytdagi xabarlar lentasini o'qir ekanman, o'zbek futbolining kelajagi qanday bo'lishi, kimlarning qo'lida qolishi o'ylantira boshladi.

Lekin shirin orzular hali olisda. Unga etish imkonsiz. Biz hali bu yo'ldagi qadamni ham tashlaganimizcha yo'q. 

"Turon"ning tugatilishi mumkinligiga munosabat 

2020 yil oxirida katta shov-shuvlar bilan "Turon" nafaqat o'zbek, balki butun dunyoga o'zini tanitdi. Hattoki "Google" tarmog'ida eng ko'p mashhurlikka erishgan klublardan biri bo'ldi. "Turon", deb yozsangiz birinchi bo'lib janjalli voqea chiqib keladi. Bu klub amalda o'zbek futbolining kelajagi, xususiylashtirishda hammaga o'rnak bo'lishi kerak edi. O'z stadioni, bazasi, akademiyasi, xullas, nimadir qadam tashlandi. Lekin bugungi kunga kelib klub bosh homiysi moliyalashtirishni to'xtatishi mumkin. Birinchidan, klub futbolni moliyalashtirish orqali malum bir soliqlardan ozod qilinayotgan edi. Bu qaror 2018 yil 17 martidan kuchga kirgan, bu 2023 yil 1 yanvariga qadar amal qilishi kerak edi. Bu muddat allaqachon tugagan va o'z kuchini yo'qotgan. "Turon" hozirda istaymizmi yoki yo'qmi, hukumat ko'magiga muhtoj. Qilingan ishlar borasida Bekzod Tolibov o'z blogida yaxshi malumot berib o'tdi.

Yaypandagi "O'zbekiston" o'yingohi qayta rekonstrukciya qilindi. Bunda futbol maydoni qayta tamirlandi, chimlar yangisiga almashtirildi. Maydonga zamonaviy sug'orish drenaj tizimi o'rnatildi. Stadionda tribunalar soni ko'paytirildi, maydonning qarama-qarshi tomonida 4 mingdan ziyod muxlis uchun mo'ljallangan tribuna barpo etildi. Xorijiy etakchi kompaniya tomonidan ishlab chiqilgan zamonaviy yoritish projektorlari o'rnatildi. Deylik aynan shu qulayliklar sabab o'tgan yili bu o'yingohda bir emas, 3ta klub uy uchrashuvlarini qabul qildi. Yaypan O'zbekiston Superkubogi bahsiga mezbonlik qildi. 

Yuqorida sanab o'tilgan islohotlarda klub bosh xomiysi "Turon Eco Cement" korxonasi asosiy lokomotiv vazifasini bajarib keldi va bu jarayon hozirda ham davom etmoqda. 

Ikkinchi sabab rahbariyat Superligadagi ikkinchi mavsumidagi muvaffaqiyatsizlikdan hafsalasi pir bo'lgan ko'rinadi. Murabbiy o'zgartirish ham, tarkibni kuchaytirish ham ish berayotgani yo'q. Demak hamma gap boshqaruv tizimida. Direktor, sport direktori, texnik direktor bu har bir klubning qaysidir manoda skeleti hisoblanadi. Agar u sifatsiz yoki mo'rt bo'lsa, butun tanaga putur etadi. "Turon" haligacha nima sababdan imkoniyati bo'la turib etuk kadr jalb qilmagani hayron qoldiradi. 

"Andijon"da muammolar tugamaydi

SHu klubda ham muammolar hech tugamaydida. Bilmadim, har yili moliyaviy muammolar, maoshlar kechikishi, PFL taqiqlari va hokazo. Jamoa futbolchilari fevral oyidan buyon maoshlarni olmagan va shu zayilda Superligada ettinchi o'rinda ketmoqda. Bundan yuqori natija kutish adolatdan emas. Legionerlar esa allaqachon "chemodan" kayfiyatida. FIFA reglamentiga ko'ra futbolchi o'z klubida 2 oydan ko'p vaqt maosh olmasa, shartnomani bekor qilgan holda transfer oynasi ochilishini kutmasdan boshqa jamoaga yo'l olish huquqiga ega. Aftidan vaziyat o'nglanmasa, ikkinchi davra oldidan tarkibda katta Yo'qotishlar yuz berish ehtimoli yuqori. Xebayga esa O'zbekiston chempionatidan xaridorlar etarlicha. Klub o'zining aniq bir moliyalashtirish manbasi bor, deyish qiyin. Gohida hokimiyat, gohida xususiy tadbirkor.  "O'zavtosanoat"ga beriladi degan gap esa faqat gapligicha turibdi.  Yana bir muammo "Neftchi"da. Klub personal xodimlari, o'rinbosarlar, U-19, ayollar, futzal jamoalari so'nggi bor fevral oyligini olishgan. Hali qolgan klublarda vaziyat qanday? Surishtiruv ketmoqda. 

Nuriddin Zayniev, Xayrulla Bozorov, SHavkat Abdurazzoqov

Lekin, klublarimiz qachongacha bir shaxs yoki hokimyatga qarab ish olib boradi? Bunga futbolimizda misollar etarlicha topiladi. Qaysi viloyatda hokim futbolga jiddiy qiziqsagina yoki jiddiy etibor qaratsagina o'sha viloyatda futbol rivojlanadi. Nuriddin Zayniev davrida Qashqadaryo futboli o'zining eng yuqori cho'qqisiga chiqdi. "Nasaf", "Mashal", "SHo'rtan" jamoalari xalqaro miqyosdagi musobaqalarda muvaffaqiyatli qatnashdi. Yoki uzoqqa bormaymiz. Hayrulla Bozorovning Namangan futboli uchun amalga oshirgan ijobiy ishlari, bosh jamoaga etiborni oshishi, futbol maktabi va akademiyasini ishga tushirilishi. Ammo, hokimlarning futboldan boshqa tashvishlari ham etarlicha. Aholi turmush tarzi, ijtimoiy muammolar, yo'llar tamirlanishi, qurilish, tibbiyot va hokazo. Ishoning, chekka chekka hududlarda futboldan tashqari ham muammolar serob. Ular uchun futbolning umuman qizig'i ham yo'q. O'zining muammolari o'ziga etib ortadi. Ular ham o'zimizga o'xshagan odam, hokimdan yordam kutadi. Ikkinchisi SHavkat Abdurazzoqovning o'rnida boshqa hokim bo'lganida balki "Navbahor" hozirgidek kuchli tarkibga ega bo'lmasdi. Qaysi viloyatda hokim futbol shinavandasi bo'lsagina futbol bor! Iltimos shu hokimlar davrida nimadir qilib oling, ertangi kunga hech bo'lmasa 1ta maydon bo'lsa ham qolsin. Tarkib, murabbiylar, yulduzlar bari ketadi ertaga. "Nasaf", "Bunyodkor"da hozir yulduzlar yo'q. Lekin yaxshi infratuzilma bor! SHuning hisobiga ular bugun hamon tirik. 

Xususiy klublarning kelajagi yo'q 

Hali xususiy qiladigan darajada futbolimiz oldinga chopib ketgani yo'q. SHu vaqtgacha qaysi xususiy klub gullab yashnab ketdi? "Obod", "Andijon", "Turon"? Bir necha yil oldin xususiy qilish yo'lida harakatni boshlagan edik. Amalda hech narsa o'zgarmadi, yana egalariga qaytdi. Xoh ishoning, xoh ishonmang davlat yordamisiz hech bir katta klub o'z aravasini o'zi torta olmaydi. Tadbirkor esa ahmoq emas, shunchaki pul tikib foyda olmasa, unga keragi yo'q. Sarlavhaga qaytsak, xususiy klublarning kelajagi bo'lmasa, futbol faqat hokimiyatga qarab qolgan taqdirda, unda klbular ko'chadan, avtobus bekatidan boshqa joyda panoh topmaydi. 

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика