Klublar o'rtasidagi JCHning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
14 iyu 08:07
Yangiliklar
Klublar o'rtasidagi JCHning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
Tunda yangi formatdagi klublar o'rtasidagi JCH musobaqasi yakunlandi.
Hal qiluvchi uchrashuvda “Chelsi“ PSJni 3:0 hisobida taslim etdi. FIFA musobaqaning eng yaxshi futbolchisini aniqladi. Unga ko'ra, finalda gol urgan Koul Palmer turnirning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan sovringa ega chiqdi.
23 yoshli futbolchi ushbu musobaqada 6 ta uchrashuvda maydonga tushdi Uning hisobida uchtadan gol va golli uzatma bor.
Shuningdek, turnirning eng yaxshi yosh futbolchisi uchun beriladigan sovringa PSJ yarim himoyachisi Dezire Due ega chiqqan. Musobaqaning eng yaxshi darvozaboni esa “Chelsi“dan Robert Sanches tan olingan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar