Klublar o'rtasidagi jahon chempionati. 7ta jamoadan 6tasining nomi aniq bo'ldi
25 noy 2017 18:41
Yangiliklar
Klublar o'rtasidagi jahon chempionati. 7ta jamoadan 6tasining nomi aniq bo'ldi
"Urava Red Daymonds" jamoasi ikki uchrashuv natijasiga ko'ra "Al-Hilol"ni mag'lub etib, Osiyo CHempionlar ligasi g'olibiga aylandi.
SHunday qilib, 6-16 dekabr kunlari BAAning ikkita shahrida bo'lib o'tadigan klublar o'rtasidagi jahon chempionatining 7tadan 6ta jamoasi nomi aniq bo'ldi.
Osiyo: "Urava Red Daymonds"
Evropa: "Real"
Afrika: "Vidad Kasablanka"
SHimoliy Amerika: "Pachuka"
Okeaniya: "Oklend Siti"
Janubiy Amerika: ???
Mezbon: "Al-Jazira"
Turnirning eng so'nggi ishtirokchisi Libertadores Kubogi g'olibi bo'ladi. Janubiy Amerika vakili "Lanus" (Argentina) hamda "Gremio" (Braziliya) o'rtasidagi final bahsidan so'ng malum bo'ladi.
Klublar o'rtasida JCHni boshqarib boradigan barcha hakamlar nomi malum bo'ldi
Klublar o'rtasidagi JCHga qura tashlandi. Sardor Rashidov "Real"ga qarshi o'ynashi mumkin
Fikrlar