So’nggi yangiliklar

17:22"Жирона" — "Атлетико". Таркиблар маълум  0 17:10"Ал Батаэҳ" — "Ал Наср". Таркиблар маълум  1 16:28"Реал Сосьедад" ўзига расман янги мураббий топди  2 15:58"Реал" Винисиус атрофидаги муҳитдан хавотирда  3 15:22"Астон Вилла" Мартинеснинг ҳолати фонида тер Штегенга қизиқиш билдирмоқда. Аргентиналик дарвозабоннинг белида муаммо бор  1 14:28Семеньо фаолиятини давом эттириш учун устувор вариантни танлади  1 14:02Довбик фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  2 13:15"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи  26 12:31Мбаппе Роналдуга мурожаат қилди: "У менинг дўстим ва кумирим"  6 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Атлетико", "Барса" МЮ ва бошқалар  0 11:54"Ливерпуль” "Барселона"нинг собиқ ҳимоячисига қизиқмоқда  0 11:25Криштиану Роналду "Форсаж 11"да  11 10:53"Хоразм" футболчиси ОКМКни танлади  0 10:21Колумбия терма жамоаси юлдузи: "Биз ЖЧни интиқлик билан кутмоқдамиз"  4 09:55Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  3

Klopp: "Menga Ramosning so'zlari yoqmadi" Yangiliklar

Klopp: "Menga Ramosning so'zlari yoqmadi"

"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Real"ga qarshi CHempionlar ligasi finalida sodir bo'lgan vaziyatlarga izoh berdi.

Nemis mutaxassisining fikricha, hakamlar Muhammad Saloh va Loris Kariusga jarohat etkazgan Serxio Ramosni jiddiyroq jazolashi kerak edi.

"Yana shu haqida gaplashamizmi? Bunday narsalarni muhokama qilishni yoqtirmayman, biroq agar vaziyatlarni qayta ko'rib chiqsak, qoidabuzarlik juda qo'poldek tuyuladi.

Milorad Majich (CHempionlar ligasi finalini boshqargan hakam) jahon chempionati o'yinlarini boshqardi va bu final mundial uchrashuvlari fonida unutilib ketdi. Hozir bizning o'yinni kamchilik eslasa kerak. Ammo fikrimcha, bunday vaziyatlarda yaxshiroq hakamlik qilish kerak. Agar videoassistent tizimi bo'lsa, undan foydalanish kerak.

Kelajakda yana shunday vaziyatlar bo'lishini bilmayman, biroq Ramosning Loris Karius yuziga bergan zarbasini eslash mumkin. Bundan tashqari, Serxio Ramos kurash harakati bilan hujumchimizni to'xtatdi. "Real" shundan so'nggina g'alabaga erishdi.

Ramosning o'yindan keyingi gaplari yoqmadi. U ahamiyatli hech narsa sodir bo'lmaganini aytdi. Qanday qilib hech narsa bo'lmasligi mumkin? Bunday harakat qilish noto'g'ri" - deydi Klopp.

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика