Klopp: "Konte "CHelsi"da Rojdestvo chog'ida eng yaxshi taqvim bo'lganini unutgan ko'rinadi"
25 noy 2017 18:24
Yangiliklar
Klopp: "Konte "CHelsi"da Rojdestvo chog'ida eng yaxshi taqvim bo'lganini unutgan ko'rinadi"
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "CHelsi" ustozi Antonio Kontening taqvim borasida bildirgan etirozlari haqida fikr bildirdi.
Italiyalik mutaxassis "Karabax"ga qarshi CHempionlar ligasi bahsidan 3 kun o'tib "Liverpul" bilan o'ynashidan nolidi.
"Antonio nima haqida gapirganini yaxshi tushunaman, bu gaplarni eshitdim, ammo u o'tgan yili "CHelsi"da Rojdestvo chog'ida eng yaxshi taqvim bo'lganini unutgan ko'rinadi. Hamma har ikki kunda o'ynagan, ularda esa 3ta uchrashuv o'tkazishi uchun 12 kun bo'lgan. Bu yil ham xuddi shunday vaziyat, Premer-liga buni qanday tushuntiradi.
Jamoa uchun tiklanish juda muhim va u haq, biroq bu o'yinga tasir qilmaydi. Ular Londonga qaytib bo'lishgan va tiklanish uchun "CHelsi"da ikki kun bor. Uch kun - muammo emas, ikki kun - katta muammo, ammo bu haqda hech kim eshitishni istamaydigan ko'rinadi" - deydi Klopp.
Fikrlar